Reja: Kirish i-bob O’zbek xalq musiqa merosini o’rganish "O’zbek musiqasi" iborasi
Download 157.55 Kb.
|
O\'zbek XALQ MUSIQA MEROSINI O
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
MAVZU: O’ZBEK XALQ MUSIQA MEROSINI O’RGANISH Reja: Kirish I-Bob O’zbek xalq musiqa merosini o’rganish “O’zbek musiqasi” iborasi O’zbek xalq musiqa merosini o’rganish va targ’ib qilishda musiqiy folklor-etnografik ansambllarining tutgan o’rni va ahamiyati II-Bob O’ZBEK MUSIQASHUNOSLIGI 2.1. Madaniy va musiqiy xayot XX - asr boshlarida. Farg’ona – Toshkent mahalliy musiqiy uslubi. Xorazm mahalliy musiqiy uslubi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”. Sh.Mirziyoyev KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatimizda muntazam ravishda o‘tkaziladigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani”, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali, “Sharq taronalari” xalqro musiqa festivali hamda “Raqs sehri” xalqaro festivali tashkil etilib, o‘zbek mumtoz va folklor san’atining noyob namunalari va ananalarini hamda madaniy muloqotni yanada rivojlantirish bo‘yicha samarali tizim yo‘lga qo‘yildi. Folklor san’atini saqlash va rivojlantirish hozirgi davrda yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Milliy qo‘shiqchilik san’atining durdonasi bo‘lgan folklor san’atini keng targ‘ib etish, turli xalqlarning qo‘shiq, raqs, musiqa va sahna ko‘rinishlari kabi janrlarini o‘zida mujassam etgan, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlarini hamda maonaviy dunyosini boyitib kelayotgan folklor san’ati ijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek folklor san’atini yanada taraqqiy ettirish, xalq ijodiyoti ananalarini jahonga tarannum qilish maqsadida vazirlar mahkamasi xalqaro folklor festivallarini tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qildi. Madaniyat va san’at jamiyatning, inson taraqqiyotining muayyan bir darajasi, insonlar xayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida ular yaratadigan asarlarning yaxlit bir timsolini ifodalovchi tushunchadir. Madaniyat va san’atning paydo bo’lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng qadimiy bosqichlariga borib taqaladi, u insonning kelib chiqishi bilan uzviy bog’liqdir. Ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan, bebaho, ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadryatlarimizni tiklash mustaqillikni dastlabki kunlaridanoq davlat siyosatining muhim masalasiga aylandi. Natijada xalqimiz o’z taqdirining chinakkam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy qadiriyatlarining, madaniyatning, sohibi sifatida tan olindi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab davlatimiz birinchi prezidenti rahbarligida madaniyat va san’at rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. CHunki millatning o’tmish va kelajak oldidagi mas’uliyati uning ma’naviyatiga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Asosiy maqsad – o’tmish madaniy, ma’naviy merosimizni chuqur o’rganish, uni keng ommalashtirish, shu qadriyatlar vositasida komil insonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, pirovardida ularni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining musiqa san’ati to’g’risidagi qaror va farmonlarida milliy an’anaviy musiqa san’atini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Farmonlarda ko’zda tutilgan eng asosiy maqsad – musiqa san’ati yutuqlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ushbu soha ijodiy xodimlarining mehnatini yanada rag’batlantirish va ularni ijtimoiy himoyalashni nazarda tutishdan iborat edi. SHu farmondan kelib chiqib, respublika qo’shiqchilik, musiqa madaniyatini yanada yuksaltirishning tegishli chora-tadbirlari belgilanib, shu asosda ko’pgina ijodiy ishlarni amalga oshirilmoqda. Bu yo’ldagi harakatlar, ayniqsa, “O’zbekiston – vatanim manim”, “SHarq taronalari” (Xalqaro ko’rik tanlovi), “Nihol” nomlari bilan o’tkazilgan ko’rik tanlovlarda o’z aksini topdi. Bunday ko’rik tanlovlar mamlakatimizda yangi san’at dastalarini elimizga manzur bo’lgan yangi xushovoz hona ndalarni, milliy qo’shiqchilik an’analarimizning turli qirralarini o’z ijodlariga asos qilib olgan san’at ijodkorlarini yetishtirib chiqarmoqda. Yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning respublika televideniyasi, radiosi ijodkorlari tomonidan muttasil o’tkazilib borilayotganligi respublika hukumatining qo’shiqchilik, musiqa sohasida olib borayotgan sobitqadam ishlaridan hisoblanadi. O’zbek musiqa san’atining tarixiy ildizlari uzoq moziydan boshlanadi. Uni chuqur o’rganish esa mashaqqatli mehnat, izchil izlanishlarni talab qiladi. Bu sohada respublikamizning talaygina ilmiy tadqiqot maskanlarida, o’quv yurtlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Download 157.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling