Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
ICO tashkil qilish uchun kompaniya-emitent mahsus web-platformadan foydalanadi, masalan, Waves
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ethereum
- Mastercoin bo’lib, u 2013 yilda ICO
- JacaScript
ICO tashkil qilish uchun kompaniya-emitent mahsus web-platformadan
foydalanadi, masalan, Waves yoki Ethereum vositasiga tokenlarni, ya’ni, qimmatli qog’ozlarning kriptoversiyasini chiqaradi. Buning uchun blokcheynga tranzaktsiyalar, ularning tavsifi, soni va unikal ID si bilan qo’shiladi. Emissiyadan so’ng, tokenlarning istalgan sondagisini blokcheyndagi biror bir hamyondagi kriptovalyutaga almashish mumkin bo’ladi. Ba’zi bir kompaniyalar o’z tokenlarini oltin bilan yoki kompaniyaning maxsuloti bilan ta’minlab beradilar. Masalan, Ethereum bazasidagi DigixDAO startapi 2016 yilda o’z tokenlarini oltin standartiga bog’lab chiqardi, amerikaning Ethereum asosida derivativlar bilan savdo qiladigan blokcheyn-platforma yaratayotgan StabL startapi esa o’z tokenlarini oddiy valyutada qiymati bo’lgan moliyaviy mahsulotlarga bog’lab qo’ydi. Tokenlarni chiqaradigan kompaniya-emitent va ularni sotib olishni istagan investorlar smart-kontrakt tuzishadi va buning asosida avtomatik blokcheyn- zanjirning ishtirokchilariga aylanadilar. Ushbu blokcheyn-zanjir doirasidagi kelishuvlar teskari kuchga ega emas. Token-kriptovalyuta oldi-sotti jarayoni quyidagicha tartibda amalga oshadi: Kompaniya dastur yordamida investorning hamyonini va investorga token jo’natiladigan hamyonni so’raydi. Kompaniya Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva investordan kerakli summani olganidan so’ng, tranzaktsiya amalga oshirilgan hisoblanadi va smart-kontrakt ishga tushib, tokenlar xaridorga yetkazib beriladi. ICO tashkil qilgan kompaniya kroptoaktsiyalarni (tokenlarni) bankka yoki venchur investorga emas, balki to’g’ridan-to’g’ri loyiha ishtirokchilariga sotadi. Demak, bu xolda loyiha ishtirokchilari kompaniya ishiga kuchliroq jalb qilinadilar, kompaniya mahsuloti va hizmatlaridan foydalanishga stimul oladilar hamda boshqa insonlarga ham bu mahsulotlarni taklif qilish foydaliligini tushunadilar. Chunki, kompaniyaning ishi qanchalik yaxshi bo’lsa, investorlar ham shunchlik ko’p foyda oladilar. Kriptoaktsiyalarni birinchi bo’lib joylashtirgan kompaniya Mastercoin bo’lib, u 2013 yilda ICO yordamida $500 ming dollar pul yig’a olgan. Blokcheyn texnologiyalar rivojlanishi bilan bu mablag’ jalb qilish texnologiyasi yanada ko’proq qo’llanila boshlandi. TechCrunch ning ma’lum qilishicha, 2016 yilda umumiy summasi $103 млн bo’lgan 64 ICO ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda esa bir necha o’nlab kompaniyalar ICO tashkil qilinishi haqida xabar bermoqdalar, Shu jumladan, Rossiyaning SONM kompaniyasi kriptovalyutada $42 mln jalb qilishga erishdi. ICO lar tarixidagi burilish nuqtasi bo’lib Kanadalik dasturchi Vitalik Buterinning DAO deb nomlangan loyihasini ko’rsatish mumkin. Bu loyiha doirasida kompaniya birdaniga $152 mln investitsiya jalb qila oldi (buni ko’pincha kraudfunding deb atashadi). DAO loyihasi markazlashmagan venchur fond bo’lib, uning boshqaruvi dasturiy ta’minot vositasida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ushbu xodisadan so’ng, jahon miqyosida ICO lar tashkil qilish jarayoni juda ham tezlashib ketdi. 2017 yil 30 may kuni JacaScript tili va Mozilla brauzeri ishlab chiqqan Brendan Ayk yangiBrave brauzeri ishlab chiqsh uchun Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling