Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ICO ga investor bo’lib, an’anaviy moliyaviy instrumentlar bilan ishlash
tajribasi yo’q insonlar ham qatnashishi mumkin. Shuning
uchun ham tokenlarni
ko’pincha malakali va professional investorlar emas, balki kriptovalyutaga
ishonadigan yoki shu sohada ishlaydigan insonlar sotib olishadi. Bunday
insonlar
birjada yoki
Forex da ishlash tajribalari yo’q bo’lgani bilan, ishni darhol
kripovalyuta biznesidan boshlaydilar. Kriptokraudfunding bilan bir qancha Rossiya
kompaniyalari ham shug’ullanadilar va blokcheynlarni o’z
loyihalari real
iqtisodiyotiga tadbiq etadilar. Masalan, 2017 yil may oyida Moskva viloyatidagi
“
Kolionovo” nomli qishloq xo’jalik fermasi
ICO yordamida $500
ming jalb
qilishga erishdi. Bu ferma “
kolion” deb nomlangan mahsulot kuponlari chiqardi va
uni fermaning mahsuloti bilan ta’minladi. Iyun oyida esa tsirkoniy ishlab
chiqaradigan
ZrCoin deb nomlangan Rossiya startap kompaniyasi
Waves
platformasidagi
ICO vositasida 4000 investordan salkam $7
mln investitsiya jalb
qilishga erisha oldi. Bunda bir tokenning bahosi bir kilogram tsirkoniy dioksidi
narxiga teng qilib olindi. Kompaniya jalb qilingan investitsiya yordamida zavod
quradi va keynchalik o’z foydasidan investorlarga
ularning tokenlariga mos
ravishda to’lovlarni amalga oshiradi. Bu kompaniyalar kriptovalyuta tokenlarini
real mahsulot ishlab chiqarishga bog’ladilar. Kompaniyalar blokcheynni o’z off-
line bizneslarini rivojlantirish uchun qo’shimcha vosita sifatida ishlatdilar. Shuni
ham
aytish kerakki,
ICO lar muvaffaqiyatining poydevorlaridan biri marketing
jarayonini samarador va aqlga muvofiq ravishda amalga oshirishdir.
ICO bilan nafaqat startap kompaniyalar, balki
yirik kompaniyalar ham
qiziqa boshlashayaptilar. 2017 yilda investorlar va startaplar uchun mo’ljallangan
amerika platformasi taqsimlangan tarmoqlar qurish
Protocol Labs kompaniyasi
bilan
hamkorlikda CoinList platformasini ishga tushirdilar. Bu platformaning
missiyasi
turli
kompaniyalarga
ICO
tashkil
qilishni
osonlashtirishdir.
Blokcheynlarni real biznesga tadbiq qilish imkoniyatlarini qidirishga bag’ishlangan
va 2017 yil fevral oyida tashkil qilingan
Ethereum Enterprise Alliance korxonalar
al’yansiga xozirgi paytda 100 dan ortiq kompaniyalar kirgan. Bular jumlasiga
Do'stlaringiz bilan baham: