Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit 
QuickBooks Online, IBM Lotus Live, Unyte, Salesforce.com, Sugar CRM va 
Webex kabi tizimlarni misol sifatida keltirish mumkin. Rivojlanib borayotgan 
mobil ilovalar bozorining asosiy qismi SaaSning samarali yo‘lga qo‘yilganligi 
natijasidir.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini eng yuqori rivojlanishi hisoblanayotgan 
bulutli hisoblash tizimlari yaqin kelajakda o‘tmishga aylanadi degan fikrlar xam 
mavjud. Kelajakda bulutli ilovalarga bo’lgan talab, hozirgidek, nafaqat bitta 
yetkazib beruvchining infratuzilish va platformasiga tegishli bo’ladi, balki turli 
xildagi bulutli xizmatlar yetkazib beruvchilarning kompleks infratuzilmalari va 
platformalariga bo’lgan talabning yanada ko’payishi kutilmoqda. Ehtimol, bulutli 
hisoblash tizimlarining rivojlanishi oxir-oqibat, xizmat sifatida barcha narsa 
(Everything as a Service – EaaS) bo’lishi mumkin bo’lgan konsepsiyalarining 
paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkindir.
O‘zbekistonda xam bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanishning xolati va 
uning rivojlanish istiqbollari to’grisida xam bir fikr yuritib kuramiz. 
"O‘zbektelekom" milliy telekommunikatsiya operatori 2016 yilning avgust oyida 
yangi 
"UZCLOUD
ma’lumotlarni uzatish markazini ishga tushirdi. 
Mutaxassislarning fikricha, faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta axborot oqimlariga 
tezkor va samarali ishlov berilishini uzluksiz ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lgan 
mahalliy kompaniyalar uchun birinchi bo‘lgan ushbu ma’lumotlar markazi 
respublikada katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumot markazining axborot 
saqlash hajmining joriy konfiguratsiyasi 1 petabaytli 160 bleyd-serverdan tashkil 
topgan va kelajakda serverlar sonini 10 petabaytgacha kengaytirish mumkin 
bo’ladi. Yaratilgan ma’lumotlar markazining asosiy afzalliklari - turli xatoliklarga 
nisbatan bardoshlilik va mehnat unumdorligining sezilarli ravishja oshishidir. 
Tizim 
O‘zbekistonda 
faoliyat 
ko’rsatadigan 
kompaniyalarlar 
uchun 
loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. 2016 yilning noyabr oyida aynan shu 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
yo‘nalishda Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi tomonidan tashkil 
etilgan "Bulutli hisoblash O‘zbekiston sammiti-2016" xalqaro anjumani bo‘lib 
o‘tdi. 2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik 
memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasidagi istiqbolli hamkorlik 
yo’nalishlari belgilab olindi. IaaS bulut texnologiyalaridan O‘zbekistonda 
avvallari xam foydalanilgan, bu esa tashkilotlarni resurs talab qiladigan mijoz va 
tarmoq IT-infratuzilmasini xamda ma’lumotlarga ishlov berish moddiy va dasturiy 
infratuzilmasini tashkil qilish muammolaridan holi etadi. IaaS infratuzilma 
autsorsingidan foydalanib, bulutli xizmatlar iste’molchilari ortiqcha xarajatlardan 
xalos bo‘ladilar. PaaS bulutli texnologiyalari O‘zbekistonning yetarlicha moddiy 
bazaga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi va xizmat kursatuvchi kompaniyalari 
loyihalarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin. SaaS turiga mansub bulutli 
texnologiyalar O‘zbekistonda endigina joriy qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu 
birinchi navbatda, asosan chekka xududlarda, Internet tarmog‘iga ulanish 
tezligining pastligi bilan bog‘liq. Biroq kelgusi yillarda SaaS xizmatlari eng ko‘p 
talab qilinadigan xizmatlardan biriga aylanadi, chunki so‘nggi yillarda bulutli 
yechimlarning qo’llanilish kulami jahon bozorida jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda 
va butun dunyo bo‘ylab katta o‘sish sur’atlari ko’payishi aynan SaaS yo‘nalishida 
kuzatilmoqda. Ekspertlarning baholashlariga ko‘ra, jahon tajribasi shuni 
ko‘rsatadiki, davlat hukumati muassasalaridagi katta hajmli axborotlar eng 
takomillashgan yondashuvlarni talab qilganligidan aynan davlat sektorida SaaS 
xizmatlari uchun eng barqaror talab shakllanishi mumkin.
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda tashkil etilgan ma’lumotlar-markazida (data-
center) o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bir qancha kompaniyalar xaqida qisqacha 
ma’lumotlar keltirilgan:

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling