Reja: O’zbekiston -yevropa ittifoqi o’zaro hamkorlik natijalari
Download 26.54 Kb.
|
shodiyeva dinora
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: o‘zaro hamkorlik natijalari
- Birinchidan. Ye
- Uchinchidan.
- To‘rtinchidan.
Mavzu:O’zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Reja: O’zbekiston –Yevropa ittifoqi o’zaro hamkorlik natijalari. Yevroparlamentda ‘’Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi’’ning e’tirof etilishi. O’zbekiston –tahdidlarga bardoshli va barqaror mamlakati 4 Yevroparlament-O’zbekistonning do’sti. O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: o‘zaro hamkorlik natijalari O‘zbekiston Yevropa Ittifoqini o‘zining eng asosiy xalqaro hamkorlaridan biri sifatida ko‘radi. Binobarin, ushbu nufuzli xalqaro tashkilot demokratiyaning umuminsoniy qadriyatlarini ilgari surish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, tinchlikni saqlash, hamkorlik va barqaror taraqqiyotga erishish borasida ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida jadal rivojlanayotgan o‘zaro hamkorlik munosabatlarining ko‘lami va qamrovi tobora kengayib bormoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, xususan, 2019 yilda mamlakatimizga Yevropa kengashi Prezidenti Donald Tusk tashrif buyurgani va Prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashganini ta’kidlash lozim. Shuningdek, 2020 yil apreli va 2021 yil avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqotlari ham samarali bo‘ldi. O‘tgan yilning avgust va noyabr oylarida esa mamlakatimizga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel hamda Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas tashrif buyurdi. Yevropa Ittifoqining har ikki yuqori mansabdor shaxsi davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilindi. Ayni chog‘da o‘zaro savdo hajmi jadal ortmoqda, Yevropa yetakchi kompaniyalarining ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda yirik investitsiya loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Ta’lim, xavfsizlik sohalarida, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasida muhim qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikka oid ayrim ahamiyatli dalil va raqamlarni keltiramiz. Birinchidan. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning koronavirus pandemiyasiga qarshi tizimli kurashini rag‘batlantirish maqsadida 10 million yevro ajratganini alohida qayd etish zarur. Ikkinchidan. Yevropa tomoni joriy yilning 10 aprelidan boshlab O‘zbekistonga “Preferensiya bosh tizimi qo‘shuv” (“GSP+”) tizimida ishtirok etadigan benefitsiar-mamlakat maqomini taqdim etmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qiladigan to‘qimachilik mahsulotlari hajmini har yili kamida 300 million AQSh dollari miqdoriga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, kimyo, rangli metallar va milliy iqtisodiyotmizning boshqa sohalarida ishlab chiqarilgan 6 ming 200 xil nomdagi tovarlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga boj to‘lovlarisiz eksport qilishimiz mumkin. Uchinchidan. O‘zbekiston Orol muammosini hal etishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan tuzilgan Orol dengizi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p tomonlama Trast fondiga katta ishonch bilan qaraydi. Shu nuqtai nazardan, Yevropa tomoni ushbu Fondga 5,2 million yevro miqdorida moliyaviy ulush qo‘shganini nihoyatda qadrlaymiz. To‘rtinchidan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun faol ish olib bormoqda. Yevropa Ittifoqi bu intilishlarimizni qo‘llab-quvvatlagan holda, ayni yo‘nalishda texnik ko‘mak uchun 5 million yevro miqdorida mablag‘ ajratdi. Download 26.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling