Reja: O’zbekiston -yevropa ittifoqi o’zaro hamkorlik natijalari


Yevroparlament – O‘zbekistonning do‘sti


Download 26.54 Kb.
bet4/7
Sana04.04.2023
Hajmi26.54 Kb.
#1326145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shodiyeva dinora

Yevroparlament – O‘zbekistonning do‘sti


  • 2022 yil 31 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi delegatsiyasi Yevropa parlamenti deputati, Yevroparlament huzuridagi “Evropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Richard Charneskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

  • “Evropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi Yevroparlament huzurida 2021 yil 29 aprelda ta’sis etilgan. Uning ta’sischilari Yevropa parlmentining 8 nafar deputati: R.Charneskiy (Polsha), F.Martushello (Italiya), A.Vaskes Lasara (Ispaniya), A.Alieva-Veli (Bolgariya), T.Mariani (Fransiya), T.Jdanoka (Latviya), I.Vinkler (Ruminiya) va N.Ninas (Germaniya) hisoblanadi. R.Charneskiy – mazkur do‘stlik guruhining raisi, I.Tekdemir esa siyosiy maslahatchisidir.

  • R.Charneskiy Prezident Shavkat Mirziyoev tasdiqlagan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, u keyingi yillarda O‘zbekistonda parlament institutlarini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan yangilanishlarni ijobiy baholadi.

  • Uchrashuv davomida ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikning tomonlar manfaatlariga bevosita xizmat qiladigan sohalariga taalluqli dolzarb masalalari muhokama qilindi.

  • Yevroparlament deputati “Evropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhining ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyati haqida so‘zlab berdi. U O‘zbekiston manfaatlarini Yevropa qonun ijodkorlari orasida ilgari surishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

  • Muloqot yakunida bir qator amaliy natijalarga erishildi.

  • Birinchidan, “Evropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhining onlayn shakldagi ilk qo‘shma majlisini o‘tkazish va oldinda turgan tadbirlar hamda o‘zaro hamkorlik rejalarini batafsil muhokama qilishga kelishib olindi.


  • Download 26.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling