Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


-BOB. ELEKTRON TIJORATDA BANK-MOLIYA HIZMATLARNI


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

10-BOB. ELEKTRON TIJORATDA BANK-MOLIYA HIZMATLARNI 
RAQAMLASHTIRISH 
10.1. Moliyaviy hizmatlarni (Fintech) raqamlashtirish jarayonini amalga 
oshirish 
Fintex moliyaviy texnologiyalar so’zining qisqartmasidan iborat. Ushbu 
tarmoq to’lovlar, kreditlash va investitsiyalash kontseptsiyalarini zamonaviy 
raqamli elektron texnologiyalarga mos ravishda o’zgartirish maqsadida yaratilgan. 
Bular ichida eng perspektiv vat ex rivojlanayotgan yo’nalish to’lovlar va pul 
jo’natmalari tarmog’i hisoblanadi. Kopchilikka TransferWize (mobil pul 
o’tkazmalari), Square (mobil to’lovlar), kraudfonding (Kickstarter, Crowdcube, 
Smart Angels va boshqalar), kreditlash tizimlari (LendingClub, Zopa, Pret 
d’Union) kabi nomlar va tushunchalar juda yaxshi tanish. U’quvchilarimizdan 
ba’zi birlari esa bunday tizimlardan faol ravishda foydalanadilar ham. Bunday 
texnologiyalar moliyaviy taxnologiyalar bo’yicha eng rivojlangan davlatlarda – 
Britaniya, AQSH, Frantsiya, Gonkong, Singapur ishlab chiqishgan va 
rivojlantirishmoqda. Bunday texnologiyalarning rivojlanishi an’anaviy moliyaviy 
texnologiyalarning krizisidan va unga bo’lgan ishonchning yo’qolishi tufayli 
paydo bo’ldi. Shu tufayli yangi va juda arzon xizmatlar taklif etadigan fintex-
provayderlar paydo bo’ldi va bu xizmatlar mobil ilovalar platformalari orqali 
amalga qulay usulda oshirila boshlandi. Bunday zamonaviy moliyaviy 
texnologiyalar oddiy interfeysli texnologik servislar taklif qilgan xolda ommaning 
ishonchini qozondilar. Banklarga bo’lgan ishonchga putur yetishi sharoitida 
moliyaviy staraplar past narxlardagi shaffof xizmatlar taklif qilish vositasida aholi 
ishonchiga sazovor bo’ldilar. Moliyaviy texnologiyar – fintex ning mohiyatini 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ikkitagina so’z bilan ifodalash mumkin “o’zimboshqaraman”. Masalan, startaplar 
tomonidan ishlab chiqilgan pul o’tkazish mexanizmini ko’rib chiqamiz. Bunda 
foydalanuvchi o’z pullari bilan nimalar bo’layotganini ko’rib va kuzatib turadi, 
vositachi uchun komission to’lov to’lamaydi – ya’ni o’z moliyaviy vositalarini o’zi 
mustaqil ravishda boshqara oladi va bunga oldingidan ko’ra kam pul sarf qiladi. 
Xuddi shuning uchun ham fintex juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan 
innovatsiyadir. Hozirgi davrda chet elda ishlaydigan xodimlarning o’z vatanlariga 
pul jo’natishlari uchun mo’ljallangan WorldRemit va Remitlyservislari juda 
ommabop bo;lib ketgani tufayli ular mos ravishda $100 million $12,5 million 
investitsiyalar yig’a oldilar. Moliyaviy inqiroz davrida banklar nafaqat ishonchni 
yo’qotdilar, balki kredti olish jarayonini ham ancha murakkablashtirib yubordilar. 
Teng huquqli kreditlash deb nomlangan yangi moliyaviy texnologiyalar esa kredit 
olishni oson, shaffof, imkonli va tezkor qilishga muvaffaq bo’ldilar. Kredit 
olishning bunday usuli dezintermediatsiya printsipi (vositachilardan voz 
kechich)asosida ishlaydi. Kredit oluvchi va kreditt beruvchi orasidagi moliyaviy 
kelishuvlar mahsus savdo maydonlarida amalga oshiriladi. Bu yo’nalish bo’yicha 
eng katta muvaffaqiyatlarga erishga kompaniyalardan biri bo’lgan Lending Club 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling