Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Birinchi stsenariyda banklar o’z biznes modellarining ajoyibligiga ishongan xolda
ishlay beradilar va yangi sharoitlarga moslasha olmay, raqobat kurashiga mag’lub
boladilar. Ikkinchi stsenriyda banklar yangi texnologiyalarning juda ham
muhimligini anglaydilar va innovatsion texnologiyalarni o'z fao’iyatlarida qo’llab,
yangi biznes-modellardan foydalana boshlaydilar. Bu esa jahon miqyosida
moliyaviy
hizmatlarning osonlashishiga, arzonlashishiga va mijozlar uchun turli-
tuman qulayliklar yaratilishiga olib keladi.
2015 yilda Britaniya davlati ochiq ma’lumotlar va
API (
amaliy dasturlash
interfeysi)
ning davlat API-loyihasi dairasida ishlatilishi boshlanayotgaligini
ma’lum qildi. Raqobatbardoshlilini foydalanuvchilar manfaatiga o’zgartirish va
mijozlarga hizmat ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida moliyaviy tashkilotlar
orasida ochiq ma’lumotlar bilan almashinish
tizimi ishga tushirilishi
rejalashtirilgan. Bu Britaniya hukumati tomonidan qilingan juda muhim qadamdir,
chunki endi ko’pchilik innovatsion kompaniyalar ochiq moliyaviy ma’lumotlardan
foydalana oladilar. To’lov hizmatlari haqida Evrova Ittifoqi tomonidan ishlab
chiqilgan
Payment Sersices Directive 2 – PSD II Direktivasi ham moliyaviy
hizmatlarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: