Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

CurrencyCloud texnologiyasining funktsionallik xossasidan foydalangan xolda 
halqaro to’lovlarni amalga oshirish mumkinligidan juda ham mamnunlar. Pingit 
(Barclays bankining mahsuloti) to’lov servisi yaratishning tarixi ham API ni 
ishlatishning saradorligini isbotlab berdi. Moliyaviy sektorda innovatsiyalarning 
keng tarqalayotganiga qaramasdan, ko’pchilik banklar extiyotkorlik bilan bu ishga 
unchalik qiziqish bildirmayaptilar, chunki, ularda havfsizlik masalalari birinchi 
o’rinda turadi – informatsion ochiqlik esa ularga katta havf tug’dirishi mumkin. 
Bunday yondoshuv tashqi hurujlarga nisbatan juda yaxshi himoya, ammo 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
banklarning rivojlanishini ancha chegaralab qo’yishi mumkin. Misol sifatida 
Apple va Google ni keltirishimiz mumkin – ular tashki foydalanuvchilar uchun o’z 
API-interfeyslarini ochib berish xolatlari kuzatilgan. 
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy bank xizmatlari va biznes-
modellari internet tizimi paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan edi. U davrlardagi 
to’lov infratuzilmasi filiallar orqali tarqatiladigan bank mahsulotlari kompleksidan 
iborat edi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday xolat zamonaviy raqamli texnologiyalar 
asrida insonlar va tashkilotlarning dinamik so’rovlarini to’liq qondira olmaydi. 
Shuning uchun ham bir qator mutahassislar tashqi muhitning o’zgarishiga mos 
bo’lgan bank va to’lov tizimlari bo’yicha universal takliflar bilan chiqdilar. Bunga 
yorqin misol bo’lib, innovatsion g’oyaning jamiyatga qanday foyda keltirishi 
mumkinligini ko’rsatgan va al’ternativ moliyaviy texnologiyalar rivojlanishi uchun 
poydevor rolini o’ynagan PayPal to’lov tizimini keltirish mumkin. Halqaro 
to’lovlar, kreditlash va bank depozitlari sohasidagi bunday kompaniyalar sifatida 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling