Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ko’pchilik insonlar qandaydir intuitiv ravishda tushunadi va bu ularning pullar bilan bemalol foydalanishlariga unchalik xalaqit bermaydi. Ammo, Pul o’zi nima? Nimaga puling bunaqa ko’plab turlari mavjud va ularning xususiyatlari qanday? Pullarning bulardan ko’ra yaxshiroq ko’rinishlari bormi va qaysi birlari yaxshiroq? Kriptovalyutalardan real pul sifatida foydalanish maqsadga muvofiqmi yoki yo’qmi? Kriptovalyuta va tokenlarning o’ziga va qiymatiga davlat kafolat bera oladimi? kabi bir qancha savollarni mutaxassislardan boshqa insonlar to’liq tushunmaydilar va ularga bu kerak ham emas. Ularni ko’proq “Pullarni qanday qilib ko’proq topish va saqlash mumkin?” degan savol qiziqtiradi xolos. Agarda tarixga nazar solsak, dunyoning barcha davlatlarida pullarni chiqarish va uni boshqarish masalalari bilan tegishli davlat organlari shug’ullanadilar. Bunday yondoshuvning o’z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud, albatta. Agarda bunday salbiy tomonlar kimlargadir yoqmasa, ular umumiy xolatni o’zgartirib va yaxshilab ololmaydilar, chunki bu ish qonunga hilof amal bo’lib hisoblanadi. Shuni ham aytish kerakki, eng avvalo qandaydir xolat yuzaga keladi, shundan so’nggina uni tartibga soladigan qonunlar yaratiladi. Xuddi shunday holat radio sohasi bilan ham, internet tizimi bilan ham, avtomobil texnologiyasi bilan ham va shunga o’xshash boshqacha texnologiyalarda ham kuzatilgan. Endi esa xuddi shunday hodisa kriptovalyutalar bilan ham kuzatilmoqda. Umuman aytganda, kriptovalyutalar iqtisod, kriptografiya, komp’yuter texnologiyasi va siyosat masalalari kesishuvida paydo bo’lgan. Ilk kriptovalyuta – bitkoin esa pastdan (halqdan) chiqqan innovatsiya bo’lib, yuqoridagilarning (davlat organlarining) bunga hech qanday aloqasi yo’q. Ya’ni, raqamli kriptovalyutalar davlatning emas, balki halq tomonidan ulaning xohish-istaklarini hisobga olgan xolda yaratilgan yechim hisoblanadi. Shuning uchun ham bu innovatsion g’oyaning yaratilish tarixi va Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva uning rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi, kelishuvni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi. Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy kelishuvlarni chetga surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi. Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar, shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari, depozitariylar va boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta, yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi. Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari oldiga jinoyatchilik bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling