Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, kriptovalyuta jini Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (Fintex) industriyasi blokcheynni zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan biri deb hisoblashgacha bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir (adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang). Biz ham sizni bu jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz. Blokcheyndan foydalanishning yana bir imkoniyati sifatida World Wi-Fi platformasi yordamida aholi uchun internetdan tekin foydalanish imkonyatini yaratishni ko’rsatishimiz ham mumkin. Bu platforma “Efir” (Ethereum) kriptovalyutasi blokcheyniga asoslangan. World Wi-Fi platformasida uch tomon bo’ladi: internet foydalanuvchisi, router egasi va reklama beruvchi. Ularning har qaysisi ham tizimdan o’z foydasi ulushini oladi. Uyida router bor bo’lgan va internetga ulangan oddiy insonlarni tekin Wi-Fi o’ziga jalb qila oladi, chunki ular internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib, unga boshqalarni jalb qiladilar Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva va shu orqali pul ishlay oladilar. Ularga ish haqqi WeToken kriptotokenlarida keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki kriptovalyutalarga almashtirib oladilar.Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti- harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshishi va rivojlanishi uchun, bizning fikri ojizimizcha, hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi asosiy yo’nalishlar taklif etish mumkin: Birinchi stsenariyda bit so’m kriptovalyutasi muomalaga chiqarilishi mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi - degan savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi. Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi. Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi (masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling