Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Bilimlar korporatsiyasibu bilimlarni raqobatbardosh ustunliklar 
uchun asos bo‘lib hizmat qilishini, uning eng qadrli aktivlar sifatida 
muhimligini tan oluvchi firma. 
Bloger – internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-
sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu 
jumladan, axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama 
qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs. 
Bitkoin kriptovalyutasibu o’zaro ishonchga emas, balki kriptografik 
kodlash tizimiga asoslangan, o’zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki 
boshqacha moliyaviy uskunalarsiz) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida 
amalga oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasining bir turidir.
Bitkoin pitstsa kuni (Bitcoin Pizza Day) – 2010 yilda aynan shu kuni 
chexiyalik dasturchi Lazlo Xanesh bitkoinga dastlabki haqiqiy sav doni 
amalga oshirgan, ya’ni, o’z o’rtog’iga 10 ming bitkoin o’tkazib bergan va 
o’rtog’i o’z navbatida unga Papa John's restoranidan ikkita pitstsa buyurtma 
qilgan. O’sha vaqtda bir bitkoin 0,003 AQSH dollariga teng bo’lgan va ikkita 
pitstsaning narxi esa 30 dollar bo’lgan.
 
BTC – Bitkoin – kriptovalyutalarning eng asosiy turi 
BCH - BitcoinCash – bitkoinning egizagi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Bozor yo‘nalishi -yoki ega bo‘lishga yo‘nalish–maqsadi shaxsiy rivojlanishda 
emas, balki tashqi muhitninghayot faoliyatiga bo‘ysundirishda bo‘lgan 
“iqtisodiy“ insonning qadriyatli yo‘nalishi. Inson “bo‘lish” emas,“ega 
bo‘lmoq“ qoidasiga amal qiladi. Industrial jamiyatda bozor yo‘nalishi 
ustuvorlik qiladi. 
B2B-birjalari bu web-sayt bo‘lib, u yerda kompaniyalar umumiy 
texnologik platformadan foydalangan holda, bir-birlarining mahsulotlarini xarid 
qilishlari va sotishlari mumkin. Bu birjalar yana boshqa hizmatlarni ham 
ko‘rsatishlari, masalan, to‘lov tizimi, saytda Yangiliklar, butlovchi qismlar va 
materiallar narxlarining bashorati, onlayn munozaralar, talab va taklifning tahlillari 
o‘tkazilishi mumkin. B2B-birjalari ochiq (public) va yopiq (private) bo‘ladi. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling