Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


-BOB. BLOKCHEYN VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

2-BOB. BLOKCHEYN VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR 
2.1. Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi 
Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda paydo bo‘lgani bilan ko‘pchilik uning 
ma’nosini haligacha yaxshi tushunmaydi va shuning uchun ham uning ishlatilish 
sohalarini tasavvur ham qila olmaydi. Xuddi shuning uchun ham ushbu o’quv 
qo’llanmada blokcheynning asosiy tamoillari va uning turli sohalarda ishlatilishi 
masalalari ko‘rib chiqiladi. Blokcheynni ko‘pincha ko‘p maqsadli loyiha turiga 
mansub deb ham tushuniladi. Chunki siz kim yoki qaysi sohada 
ishlayotganingizdan qat’i-nazar, blokcheyndan foydalangan xolda nimadir 
qilishingiz mumkin. Masalan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga blokcheyn 
qiziqarli va perspektiv bir muhit bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Tadbirkor uchun 
esa blokcheyn mexanizmi biznes operatsiyalarni va tashqi aloqalarni qayta ko‘rib 
chiqish va loyihalash uchun juda qulay vosita sifatida hizmat qilishi mumkin. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Tadbirkorlar blokcheyn vositasida ko‘p mablag sarf qilmasdan turib, kam 
miqdordagi mijozlar bilan ham startap (yangi loyiha)larni qo‘rqmasdan 
boshlashlari mumkin. Blokcheyn oddiy ob’ekt ham, maxsulot ham, tendensiya 
ham yoki qandaydir imkoniyat ham emas. Balki u bir necha qismlardan iborat 
bo‘lib, ularning ba’zilari birgalikda ishlaydilar, boshqalari esa mustaqil va bir-
biriga bog’liq bo‘lmagan xolda faoliyat ko‘rsatadilar. Xuddi shuning uchun ham, 
ya’ni, modullilik tufayli blokcheyn texnologiyasi juda ko‘p yo‘nalishlarda va 
sohalarda ishlatilishi mumkin. Umuman aytganda, blokcheyn texnologiyasining 
rivojlanishi juda katta novatorlik potensialiga ega. Xuddi internet iqtisodiyoti 
singari, blokcheyn texnologiyasi ham yangi turdagi iqtisod yaratadi va xuddi 
shuning uchun ham biz ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlarini nazardan 
qochirishimiz kerak emas. Kriptotexnologik raqamli iqtisodiyot siyosiy nuqtai-
nazardan ham, raqamli arxitektura nuqtai-nazaridan ham, markazlashmagan 
ishonchga asoslangan iqtisodiyot bo‘ladi. Blokcheyn barchaga bir xildagi imkon 
berib, ishtirokchilarning imkoniyatlarini qandaydir ma’noda tenglashtiradi. Avval 
boshdanoq internetning asosiy vazifasi ma’lumotlarni tarqatish va uning 
almashinuvini ta’minlash bo‘lsa, blokcheynning funksiyasi qandaydir qiymatga 
ega bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishdir. Shunday qilib, blokcheyn, perspektiv hamda 
kelajak innovatsion texnologiyasidir. Masalan, 2015 yil oktyabr oyida The 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling