4-mavzu: Bitcoin protokoli
Reja:
1. Uzellarni
qidirish
2. Version handshake
3. Aloqani o’rnatish
4. Tranzaksiyani yaratish
5. Tranzaksiyani imzolash
6. Sniff & spoof
7. Tranzaksiyani uzatish
Uzellarni qidirish
Umuman aytganda, bu o'ylash uchun yaxshi masala: tarmoq markazlashtirilmaganligini
hisobga olib, boshqa tarmoq ishtirokchilarini qanday topish mumkin? Bu haqda ko'proq
ma'lumotni http://bitcoin.stackexchange.com/questions/3536/how-do-bitcoin-clients-find-each-
other da o'qishingiz mumkin. Hali to'liq markazlashmagan yechim yo'q.
Masala yechimining 2 yo’li ko’rsatiladi. Birinchisi bu DNS, ya’ni ba'zi ishonchli domenlar
mavjud:
bitseed.xf2.org
dnsseed.bluematt.me
seed.bitcoin.sipa.be
dnsseed.bitcoin.dashjr.org
seed.bitcoinstats.com
Boshqa usul unchalik yaxshi emas va amalda qo'llanilmaydi, ammo o’rganish maqsadida
u yaxshi ishlaydi. Biz Shodanni(https://shodan.io/) ochamiz, ro'yxatdan o'tamiz, tizimga kiramiz
va qidiruv satrida portni yozamiz: 8333. Bu bitcoin uchun standart port: