Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalandi. Bu uning yagona va yiriq yutug‘idir». Devid Tikollning izoh berishicha: «Birgalikda foydalanish deganda, biz odatda moliyaviy tranzaksiyalar emas, balki pulsiz almashinishni tushunamiz. Bu xuddi bolalar o‘yinchoqlarini almashganidek bir amaldir. Afsuski, bu hozir asta-sekinlik bilan yo‘qotilmoqda». Uning fikriga ko‘ra, «nimanidir birgalikda foydalanish bu – odamlar va boshqa turlar vakillari millionlab yillar davomida, homilador bo‘lishdan boshlab, ne’matlar almashinishi uchun ishlatilib kelingan asosiy usuldir. Garchi ayrim internet-kompaniyalarto‘liq ma’noda moddiy va ma’naviy ne’matlardan birgalikda foydalanishni haqiqatda qo‘llab-quvvatlasada, boshqalari birgalikda foydalanish iqtisodiyoti atamalari va ijtimoiy munosabatlarni tijoratlashtirishni o‘zlashtirib olgan, xolos».Birgalikda foydalanish iqtisodiyoti kompaniyalarining aksariyati aslida agregatorlar deb hisoblanadilar. Ular ta’minotchilarning bo‘sh zahiralarini (avtomobil, asbob-uskunalar, bo‘sh xonalar, ta’mirlash uskunalari) markazlashtirilgan platforma orqali sotish istagini agregatsiyalaydi, so‘ngra ularni qayta sotadi, bu vaqt mobaynida esa keligusda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun qimmatli axborot to‘playdi.Uberturidagi kompaniyalarhizmatlarni keng ko‘lamli agregatsiyalash va distributsiyalash uchun o’ziga hos yechim topgan. Airbnbmehmonxonalar bilan, LyftvaUber – taksi va limuzinlar ijarasi bilan, Zipcar (to uniAvis xarid qilgunga qadar) – an’anaviy avtomobillar ijarasi bilan raqobat qilgan.Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi kichik mehmonxonalar, taksi va ustalar hizmati kabi mayda, an’anaviy mahalliy hizmatlar tarqalishini globallashtirdi. Raqamli texnologiyalar yordamida ular ko‘chmas mulk (kvartiralaradgi xonalar), yo’lovchilar tashish (taksi) va odamlar to’liq bo’lmagan shakldagi ishga joylasjtirish (pensionerlar va doimiy ishga ega bo‘lmagan, lekin ishga layoqatli kishilar) kabi vaqtinchalik foydalanilmayotgan resurslarga ulanadi.Ehtimol, blokcheyn texnologiyasibizni birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotidan bo‘sh turgan quvvatlarni ijaraga berish va ulardan foydalanishni o‘lchash mumkin bo‘lgan o‘lchash iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin. Masalan, uy egalari elektr uskunalar, mayda qishloq xo‘jalik texnikasi, baliqchilik anjomlari, duragdorlik asboblari, garaj yoki avtomobillar qo‘yiladigan joyni umumiy Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva foydalanishga rozilik bildiradigan birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotini amalga oshirish usuli yuzaga kelar.Ushbu sohalardagi muammolaridan biri, uzoq vaqt davomida shundan iborat ediki, bunday resurslar sohiblari jamoat uchun ko‘plab tashvishlar tug‘dirar edi. «AQSHda 80 million drel (parmalash uskunasi) bor va ularning har biridan shuncha vaqt ichida o‘rtacha 13 daqiqa foydalaniladi, –deb yozadi «Nyu-York tayms» da Airbnbbosh direktori Brayan Cheski. –Shunday ekan, har bir kishi uyiga drel sotib olishi uchun ehtiyoj bormikan?»Biroq blokcheyn texnologiyasi amalda nolga teng bo‘lgan harakatlar talab qiladigan ortiqcha resurslarni – simsiz ulanish nuqtalarini, kompyuterlarning hisoblash quvvatlarini yoki qattiq diskdagi bo‘sh joylarni, uyali aloqa telefoni orqali puli to‘lab qo‘yilgan ortiqcha daqiqalarni, hattoki o‘zining professional ko‘nikmalarini ijaraga berishga imkon yaratadi– yana shunisi ham borki, bularning barchasi uchun hattoki barmoqni qimirlashtish ham talab etilmaydi, qaergadir begona odamning oldiga borish va keyin qaytib kelish haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. Siz sayohat qilayotgan payt Wi-Finuqtasini ijaraga berib, undan foydalanilgan har bir soniya uchun arzimagan chaqa olishingiz mumkin. Bunda sizni faqat o’zingizning tasavvuringiz (istiqbolda esa - qonunchilik ham) chegaralaydi, xolos. Sizning obunalaringiz, jismoniy makon, energiya manbalari qismlab boshqa tomonga berilgan va undan mikroto‘lovlar shaklida pul olgan holda daromad manbaiga aylanishi mumkin. Sizdan faqat tomonlar o‘zaro tranzaksiyalarni havfsiz va ishonchli amalga oshirish uchun nomarkazlashgan uzatish protokoli talab qilinadi, xolos. Bu platformalar istalgan aktivlarga «litsenziyalash» huquqini beradi. Sizdan faqat boshqalarga ulanish va foydalanish huquqini berish, qay darajada istagingizni hal qilish – hatto boshqalarga sizning aktivlaringizdan foydalanishga ruhsat bermalsik huquqi ham beriladi va buning uchun qandaydir narx belgilash so‘raladi, holos.Korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik infratuzilmasini yangi biznes va qiymat yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamiyatlar yoki tashqi foydalanuvchilarga ochib bergandagina qandaydir platformalar yaratadilar. Bunda mumkin bo’lgan variantlardan yana biri–ishlabchiqaruvchi iste’molchilardir. Mijozlar innovatsiyasi dinamik dunyosidaishlab chiqaruvchi-iste’molchilar yangi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling