Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global Registr
for Work va Facebook at Work kabi mahsulotlar innovatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlash va unumdorlikni oshirish uchun qo‘llaniladi. Ijtimoiy dasturiy ta’minot tez orada mahsulot ishlab chiqishdan tortib, kadrlar siyosati, marketing, servis va sotuvgacha bo‘lgan biznes-operatsiyalarning har bir elementi uchun hayotiy muhhim vositaga –ma’lum ma’nodayigirma birinchi asr tashkiloti uchun yangi operatsion tizimga aylanadi.Biroq hozirdagi texnik va dasturiy vositalar to‘plami aniq cheklovlarga ega, blokcheyn esa bu texnologiyalarni yangi sifat darajasiga ko‘taradi. Blokcheynda korporativ ijtimoiy tarmoq qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligi masalasini ko’rib chiqamiz. Korporativ Facebookni (yoki boshqa istalgan ijtimoiy tarmoqni) tasavvur qiling. Aytish mumkinki, mobil profil – sizning hisob qaydingiz yoki ejektron shaxsdir. Facebook hisob qaydidan farqli ravishda, hamyon bir qator funksiyalarga ega bo‘lib, turli xildagi shaxsiy va professional axborotlarni, shuningdek, boyliklar, shu jumladan, pulni saqlaydi. Bundan tashqari, unga faqat siz ulanish imkoniga ega bo‘lasiz va o‘zingiz istagan axborotni ochib berishingiz mumkin bo‘ladi.Albatta, bu yerda reklama –uchinchi tomonlar yoki sizning HR-bo‘limining ijtimoiy paket tarkibidagi ochiq to‘plamyoki o‘zgartirilish haqida e’lonlar bo‘ladi, lekin siz ularni ko‘rib chiqqaningiz tufayli, daromad yoki boshqa bir mukofot olasiz. Bu ko’pchilik tomonidan «e’tibor bozori» deb ataladi. Siz reklamani tomosha qilish yoki u bilan aloqa qilish uchun,yangi reklama kampaniyasida ishtirok etish uchun, robot emaslgingizni tasdiqlash yoki skaner qilingan hujjatlarni kiritish uchun mikrokompensatsiya olasiz. Yangiliklar oqimi, nashrlar tizimi vae’tiborbozori o‘xshashib ketadi, lekin ularda to‘lovlar turlicha usulda amalga oshiriladi.Tajribaning ko‘rsatishicha, raqamli davrda g‘alaba oxir-oqibat qiymat (boylik) ortida qoladi. Taqsimlangan foydaning afzalliklari foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun bir talay. Ijtimoiy media kompaniyalari resurslarning juda katta ekanligiga qaramay, ularda ochiq muhitda ishlab chiqish mumkin bo‘lgan funksionallik xilma-xilligining cheki yo‘q. Yopiq formatli operatsion tizimlar bilan Linux muvaffaqiyatlari va kuchini taqqoslang. Blokcheyn texnologiyalari havfsizlikni ham ta’minlaydi. Sizning hayotingiz siz istagan darajada maxfiy Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bo‘ladi. Hech qanday ijtimoiy tarmoqsizning axborotingizni sizning ruxsatingizsiz davlatga sota olmaydi yoki uning chiqib ketishiga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Agar siztotalitar davlatda dissident bo‘lsangiz, sizning tarmoqda yozayotgan yoki o‘qiyotgan narsalaringizni hech kim kuzata olmaydi. Siz o‘z axborotingizga ega ekanligingiz sababli, e’tiboringiz va harakatlaringiz bilan birga uni monetizatsiya qilishingiz ham mumkin bo’ladi. Kompaniyalar ham o‘z xodimlarinng bunday platformalardan biznes uchun foydalanishini rag‘batlantirishi lozim. Qimmatli kadrlarni jalb qilish uchun kompaniya xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari va havfsizlikka hurmatini va korporativ odob-axloqni namoyish etishi lozim. Yana ham muhimi, tarmoq tuzilmasiga ega bo‘lish va tashqaridan mutaxassislar jalb qilish bilan birga, har bir firma hamkorlar ularga ishonadigan bir nechta korxonalar birgalikda ishlashi uchun platformalar taklif qilishi ham mumkin. Bularni qanday tarzda amalga oshishini esa albatta barcha narsaga qodir bo’lgan vaqt ko‘rsatadi. Umuman, tarmoq tuzilmasiga ega bo‘lganochiq kompaniyalar innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda aksiyadorlar, mijozlar va butun jamiyat uchun sifatli boylik yaratish imkoniyatlaridan foydalanish uchun katta va radikal salohiyatga ega bo‘ladi.Texnologiya bozordagi harajatlarni pasaytirishda davom etadi, bas shunday ekan, korporatsiya doirasida kamida faqat dasturiy ta’minot va kapital qolishini tasavvur qilish mumkin.Birinchidan, «qidirish» harajatlari pasayishda davom etadi, yangi agentlarmavjud yoki qachonlardir mavjud bo‘lgan barcha tijorat axborotlarini Global Registr bo‘yicha uch o‘lchamli qidirishni amalga oshirishi mumkin. Shu sababli korporativ arxivlar, axborot bo‘yicha mutaxassislar, personal tanlash bo‘yicha mutaxassislar va biznes uchun zarur axborot xarid qilish bilan shug‘ullanadigan boshqa mutaxassislarga zarurat qolmaydi.Ikkinchidan, smart- shartnomalarshartnoma tuzish harajatlarini, shartnomalar bajarilishini va to‘lovlar o‘tkazilishi ustidan nazoratni sezilarli darajada pasaytiradi. Qog‘oz shaklidagi hujjatlarga ehtiyoj sezmaydigan bu dasturlar shablonlar tizimi orqali shartlarni ifodalaydi, tashqi manbalardan to‘plangan keng axborotlar va qoidalar to‘plami asosida axborotni muhokama qiladi, qabul qiladi yoki inkor etadi, ish natijalarini bajarishga va tranzaksiyalar amalga oshirishga talablarnibelgilaydi.Uchinchidan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling