Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
beruvchi SEOmutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin kelajagini u onlayn-savdo 
uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga aylanadigan «internet tabiiy 
valyutasi» sifatida ko‘radi.Bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu – 
cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi bo’lib, uni oltin yoki 
kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori 
cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning 
asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. 
Biroqmoliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida ta’kidlashni 
davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy bozorlarida 
kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni taqiqlamoqdalar. Shuningdek, mahalliy 
tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham 
shubha uyg’otadi. Biroqzamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalarhukumatni 
raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi. 
Kriptovalyutalar olamida havfsizlik ham muhim rol o‘ynaydi – ko‘pincha 
jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni kriptovalyuta yordamida «yuvish» 
uchun undan foydalanadilar. 
Endi kriptovalyutalar birjasihaqida ham bir fikrlab ko’ramiz. Agar siz nima 
qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va 
bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim. 
Kriptovalyutalar birjalari ko’pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda 
ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga 
odamlar brokerlarsiz biror bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda 
boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bundan boshqa 
ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum 
bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish 
mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini 
esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga – 
dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa – 
kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni 
efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash 
shahobchasi rolida ishtirok etadi.Agar birja savdosi siz uchunmurakkablik 
qiladigan bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish 
fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat 
qilishingiz kerak bo’ladi. Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani 
boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beradigan oddiy servislardir. 
Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda shuni yodda tutish kerakki, 
oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu 
sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak. 
Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi 
fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin. Endi esa kriptovalyutalar kapitallashuvi 
masalasini ko’rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda odamlar 
yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mohiyatini 
tushunmaslik yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi 
bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvikriptovalyutalar 
kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik 
baland 
ko‘tarilsa, 
kapitallashuv 
shunchalik 
tez 
o‘sadi. 
Biroq 
ayrimmutaxassislarqaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar 
bo‘yicha aniqlashning imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – 
tortishuvli masala degan fikrlarga qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib 
ketish holatlari ekspertlar orasida shubha uyg‘otadi. «Satosi Nakamotu» niki 
ostida ishlaydigan tadbirkorlik sub’ektlariu bir necha yil oldin million bitkoin bilan 
birga g‘oyib bo‘lgandeb hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda 
«yonib» ketgan kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta, 
hozir tizim ancha havfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu 
masalaga jiddiyroq yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.Mayning 
qilish uchun esa kriptovalyutani «mayning» qiladigan asbob-uskunalar hamda 
tegishli dastur xarid qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning 
uskunalari bitkoinni juda ham katta miqdorlarda «jalb qilmaydi». Kriptovalyuta 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
fermasi egasi, uskunani kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar 
haqidagi axborotni saqlaganligi uchun qandaydir miqdorda mukofot oladi. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling