Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


PoW»ning o‘rniga «ulush isboti – Proof of Steak - PoS


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

PoW»ning o‘rniga «ulush isboti – Proof of Steak - PoS»dan foydalanadilar. 
Shunday qilib, maynerning avtomatlashtirilgan tarzda mukofot olishga imkoniyati 
ordadi. Agar «ulush isboti»ga to‘liq asoslanadigan nextkoin haqida gapiradigan 
bo‘lsak, u yerda tangalar topilmaydi, balki komissiyalar tufaylikriptovalyutalar 
«ishlab 
olinadi». 
Nextkoin 
iqtisodiyotidahar 
kungi 
tranzaksiyalarda 
foydalaniladigan kiptotangalar soni chegaralanadi. Ular oxirgi blokni chiqargan 
tugunga o‘tkaziladigan tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun komission to‘lovlar 
hosil qiladilar. Bitkoin bilan bog‘liq bo‘lgan holatdagi kabi, tranzaksiyalar blokini 
«muhrlash» uchun to‘g‘ri xesh tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi, biroq 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bitkoindan farqli ravishda bu lotoreyani yutib olish imkoni hisoblash resursiga 
emas, balki hisobraqamidagi tasdiqlangan kriptotangalar soniga bog‘liq bo‘ladi. 
G‘oya shundan iboratki, bu ekologik jihatdan havfsiz va iqtisodiy jihatdan 
harajatli hisoblash resursini oshirishga o’lgan stimullarni yo‘qqa chiqaradi. 
SAPvaIBM kabi kompaniyalarda kompyuter tizimlari yaratuvchilar xulq-
atvori va texnologiyalar o‘rtasida muvozanat topishning o‘xshash muammolariga 
e’tiborni qaratadilar, biroq ular o‘z korporativ mijozlarining markazlashtirilgan va 
nazorat qilinadigan muhitlarida ishlaydilar. Bunga qarama-qarshi ravishda, 
kriptovalyutaishlab chiquvchilar foydalanadigan laboratoriya butun dunyoni 
ifodalaydi va uning ravnaqi faoliyat ko‘rsatiladigan butun insoniyatni qamrab 
oladi. Alohida shaxslar tanlovini korporatsiyanng umumiy maqsadlari bilan barcha 
boshqaruv darajalarida majburiy bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar to‘plami yoki korporativ 
qoidalarning birontasi bog‘lamaydi. Odamlar optimal xulq-atvorining dastur 
dizayni ularning fikrlash tarziga qanchalik ta’sir etishi va unga qanchalik 
muvaffaqiyatli stimullar tizimi kiritilganiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni yoddan 
chiqarmaslik kerakki, bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bilan bog‘liq 
muammolarni hal qilish ustida jahon miqyosida misli ko‘rilmagan quvvatga ega 
bo‘lgan jamoaviy intellekt mehnat qilmoqda. Kriptoolam ochiq kodga va 
markazlashmagan modelga ega bo‘lib, bu texnologiyalar byurokratik tashkilotlar 
va beso‘naqay ulkan korporatsiyalar duch keladigan cheklovlarga uchramaydi. 
Kriptovalyutalar sohasida nafaqat ularninghavfsizligini ta’minlash bilan, balki 
ularni jamiyat uchun foydaliroq qilish yo‘llarini izlab topish bilan ham bog‘liq 
bo‘lgan juda ko‘p sonli innovatsiyalar paydo bo‘layapti. Shunday qilib, bu 
masalada juda katta istiqbollar yashiringan, lekin rivojlanayotgan davlatlarda ham, 
rivojlangan davlatlarda ham kriptovalyutalar tarqalishi yo‘lida jiddiy to‘siqlar 
mavjud. Ayrim mamlakatlarda bitkoin bilan firibgarlik operatsiyalari riski yuqori 
bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda – uni joriy qilishga mavjud an’analar va ijtimoiy 
muammolar xalal beradi. Agar odamlarda shundoq ham pul ko‘p bo‘lmasa, ular 
hamma joyda ham qabul qilinavermaydigan, ko‘pchilik esa bu haqida umuman 
eshitmagan valyutada hisob-kitoblarning yangi, riskli shakllaridan havfsiraydilar. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Ko‘pchilik moliyaviy beqarorlikning oldini olish borasida amaliyotda sinov va 
tekshiruvlardan o‘tgan usullarni – taxmondagi naqd pullar, oltin, qimmatbaho 
toshlar va nihoyat, dollarniafzal ko‘radilar. Qarindoshlarga okean ortiga pul 
o‘tkazish uchunWesternUnionga 11%gacha to‘lash, albatta, qimmat, lekin 
ishonchli. Bundan tashqari, qonunchilik novatsiyalari ham mavjud. Rivojlangan 
mamlakatlarda bo‘lgani kabi, amaldorlar kriptovalyutalar bilan bog‘liq 
operatsiyalarni, shuningdek, kriptovalyutalarning umumiy pul tizimiga silliqroq 
integratsiyasini ta’minlaydigan boshqa hizmatlarni litsenziyalashni joriy qilgan 
holda to‘siqlar yaratishi mumkin. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling