Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Microsoftva shunga o‘xshash kompaniyalarnimarkazlashgan, demak, adolatli 
bo’lmagan (dushmanlik ruhidagi) tuzilmalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir 
paytdabaribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech 
kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga 
aylanishlari mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim tufayli,kriptovalyutalar 
asosidagi bunday startaplarrivojlanishi va foyda olishi mumkin bo‘ladi. Natijada 
dunyo ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bikoinning 
nufuziga SilkRoadvaMt.Gox saytlari bilan bog‘liq voqea asoratlari ham ta’sir 
ko‘rsatadi, albatta. Huddi shuning uchun ham ko‘pchilik odamlar butun boshli 
g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. 2014 yil o‘rtalarida 
o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, AQSH fuqarolarining faqat yarmigina 
bitkoin nima ekanligini biladi, atigi 3%ga yaqini undan foydalangan, 65%i esa 
undan foydalanish ehtimoli pastligini aytgan. Kriptovalyutalarga ishonch hosil 
qilish uchun, odamlar unga ishonishni boshlagunlariga qadar ularga nimalarnidir 
tushuntirishiga to‘g‘ri keladi.Agarda bitkoin haqiqatda yetakchi valyutaga 
aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga keltiradigan iqtisodiy 
kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar «ishlab topilish» 
tugaganidan so’ng va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan bitkoin 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
deflyasion valyutaga aylanadi. Bizning global iqtisodiyot hozirgi holatida 
inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga 
asoslangan holda ishlaydigan global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon 
yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy qilingan bo‘lsa. 
Ammo, orada raqobat degan muammo ham bor.VisavaMasterCard kabi oshkora 
raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning barcha 
afzalliklarini taklif qiladigan va bundan bitkoinning barcha real va ehtimoliy 
kamchiliklaridan 
xoli 
bo‘lgan 
to‘lov 
tizimi 
mavjud 
bo‘lsa-chi? 
Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiladigan holatga erishish usuli 
ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim 
kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Hozir 
raqamli asr, bitkoin esa – raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Odamlar hayotini 
telefonsiz tasavvur ham qila olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn 
amalga oshiriladigan dunyoda muomala oddiyligi va harajatlar tejalishi bitkoinga 
ustunlik beradi. U yuqorida aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana 
bittasiga, undan keyin yana bittasigava ehtiyoj sezadi. Pirovardida bitkoin shu 
qadar ommalashdiki, pulning uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda u xuddi 
dollar kabi buyuk ahamiyatga ega bo‘ladi.Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy 
cheklovlarga qaramasdan, tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga 
to‘sqinlik qilyapti deb bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim 
davlatlar, jumladan, Shveytsariya, Singapur, Birlashgan Qirollik va Kanada 
kriptovalyuta texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion 
xablar yaratishga hizmat qilgan bo‘lar edi. Xatto AQSH da ham, NDFU direktori 
Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga 
qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi 
innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada 
tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilishmoqda. Lekin u yerlarda ham 
bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida 
ma’lum bo’lmoqda. Bitkoinlar depozitariysi va elektron hamyonlar ijaraga 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling