Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- SilkRoad vaMt.Gox
Microsoftva shunga o‘xshash kompaniyalarnimarkazlashgan, demak, adolatli
bo’lmagan (dushmanlik ruhidagi) tuzilmalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir paytdabaribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga aylanishlari mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim tufayli,kriptovalyutalar asosidagi bunday startaplarrivojlanishi va foyda olishi mumkin bo‘ladi. Natijada dunyo ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bikoinning nufuziga SilkRoadvaMt.Gox saytlari bilan bog‘liq voqea asoratlari ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Huddi shuning uchun ham ko‘pchilik odamlar butun boshli g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. 2014 yil o‘rtalarida o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, AQSH fuqarolarining faqat yarmigina bitkoin nima ekanligini biladi, atigi 3%ga yaqini undan foydalangan, 65%i esa undan foydalanish ehtimoli pastligini aytgan. Kriptovalyutalarga ishonch hosil qilish uchun, odamlar unga ishonishni boshlagunlariga qadar ularga nimalarnidir tushuntirishiga to‘g‘ri keladi.Agarda bitkoin haqiqatda yetakchi valyutaga aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga keltiradigan iqtisodiy kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar «ishlab topilish» tugaganidan so’ng va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan bitkoin Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva deflyasion valyutaga aylanadi. Bizning global iqtisodiyot hozirgi holatida inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga asoslangan holda ishlaydigan global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy qilingan bo‘lsa. Ammo, orada raqobat degan muammo ham bor.VisavaMasterCard kabi oshkora raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning barcha afzalliklarini taklif qiladigan va bundan bitkoinning barcha real va ehtimoliy kamchiliklaridan xoli bo‘lgan to‘lov tizimi mavjud bo‘lsa-chi? Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiladigan holatga erishish usuli ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Hozir raqamli asr, bitkoin esa – raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Odamlar hayotini telefonsiz tasavvur ham qila olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn amalga oshiriladigan dunyoda muomala oddiyligi va harajatlar tejalishi bitkoinga ustunlik beradi. U yuqorida aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana bittasiga, undan keyin yana bittasigava ehtiyoj sezadi. Pirovardida bitkoin shu qadar ommalashdiki, pulning uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda u xuddi dollar kabi buyuk ahamiyatga ega bo‘ladi.Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy cheklovlarga qaramasdan, tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga to‘sqinlik qilyapti deb bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim davlatlar, jumladan, Shveytsariya, Singapur, Birlashgan Qirollik va Kanada kriptovalyuta texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion xablar yaratishga hizmat qilgan bo‘lar edi. Xatto AQSH da ham, NDFU direktori Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilishmoqda. Lekin u yerlarda ham bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida ma’lum bo’lmoqda. Bitkoinlar depozitariysi va elektron hamyonlar ijaraga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling