300
Portugaliyaga ko‗ra ancha unumdor; mos ravishda,
mehnat vaqti bilan
o‗lchanayotgan ishlab chiqarish sarflari ikkala tovar uchun ham
Angliyada kam. Qiyosiy ustunlikning argumentlari 16.2- jadvaldagi
ma‘lumotlar savdo har ikkala mamlakat uchun
ham foydali ekanligini
namoyish etmoqda. Vaholanki, Angliya ikkala tovarni ishlab
chiqarishda ham
mutlaq ustunlikka ega, bu mutlaq ustunlik emas, balki
xalqaro savdo foydali bo‗la olishini aniqlab beradigan o‗ta muhim
hisoblangan qiyosiy ustunlikdir. Ushbu
misolda Angliya mato ishlab
chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega, Portugaliya bo‗lsa vino ishlab
chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega.
Qiyosiy ustunlik har bir
iqtisodiyotda nisbiy unumdorlikni tadqiq qilish asosida aniqlanadi.
Angliyaning matodagi qiyosiy ustunligini – Angliyada har bir
qo‗shimcha metr matoni ishlab chiqarish 2 litr vinoning yo‗qotilishini
bildiradi, xuddi shunday Portugaliyada 8 litr vinoga aynan shuncha metr
matoni olish uchun xarajatlar talab qilinadi. Portugaliyaning vino ishlab
chiqarishdagi qiyosiy ustunligi shunda ko‗rinadiki, Portugaliyada 1/8
metr matoning yo‗qotilishi bir litr vinoni beradi, Angliya bo‗lsa
bir litr
vinoni ishlab chiqarish uchun ½ metr matodan voz kechishi kerak.
16.2 jadval
Do'stlaringiz bilan baham: