301
Portugaliyada 2 mehnat birligining vino sanoatiga o‗tkazilishi vino
chiqarishni 16 litrga ko‗paytiradi va mato chiqarishni 2 metrga
pasaytiradi. Bu ikki mamlakatdagi mehnat resurslarining ko‗chishidan
keladigan sof naflilik vino bo‗yicha 4 litrni (16-12) va mato bo‗yicha 4
metrni (6-2) tashkil qiladi. Bir-birini o‗zaro ta‘minlaydigan narxlarni
o‗rnatish juda oson. Biz qiyosiy ustunlik
tamoyilini namoyish etish
uchun Angliyada unumdorlikni ko‗targanimizda, Angliyadagi ichki
narxlarni o‗zgartirmadik: 16.1.va 16.2 jadvallar ma‘lumotlari
bizga
Angliyada 2 litr vino 1 metr matoga teng kelishini aniqlashga imkon
beradi.
Angliya ham, Portugaliya ham savdodan 7,9 litr vino 1 metr
mato uchun va 2,1 litr vino 1 metr mato uchun oralig‗idagi narxlarda
foyda olishlari mumkin.
Rikardo o‗zining qiyosiy ustunlik
nazariyasi orqali xalqaro
savdodan keladigan samaraning xal qiluvchi unsuri mutlaq ustunlik
emas, balki qiyosiy ustunlik ekanligini isbotlab berdi. Biz 16.2
jadvalning ma‘lumotlari yordamida Angliyada
har ikkala sanoatda
ustunlik bo‗lishiga qaramay Portugaliya bilan savdoda samara olishi
mumkinligi ko‗rsatib berdik, vaholanki Portugaliya
faqat bir sanoatda
qiyosiy ustunlikka ega bo‗lsa ham. Angliya vino sanoatining Portugaliya
vino sanoatiga nisbatan unumdorligi emas, balki Angliyadagi matoning
muqobil xarajatlari Portugaliyadagi matoning
muqobil xarajatlariga
nisbatan olinishi muhimdir.
16.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: