Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
16.4. Raqobat ustunligi nazariyasi Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o‗rinda turadi. Jahon bozorida peshqadamlikni qo‗ldan bermaslik uchun yuqori sifatli mahsulotlarni taklif qilish va baholi raqobatga bardosh berish qurbiga ega bo‗lish kerak. Shu narsa ayonki, hech bir mamlakat tovar va xizmatlarning barcha turlari bo‗yicha raqobatbardosh bo‗lishi mumkin emas. Hech bir mamlakat o‗zi uchun mumkin bo‗lgan raqobatdagi ustunlikni doimo saqlab turishga kafolat bera olmaydi. Raqobatdagi ustunlikka erishish ilm-fan, texnika, texnologik yangiliklar asosida qo‗lga kiritiladi va keskinlashib boradi. Alohida firmalar qo‗lga kiritilgan ustunlikni yangi texnologiyalardan foydala-nish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, ishni samarali olib borish yo‗li bilan ushlab turadi. Davlatning raqobat ustunligini yaratishdagi qo‗llab-quvvatlashi, o‗zgaruv-chan va samarali tashqi siyosatning roli katta. Bunday siyosat korxonalar faoliya-tini muvofiqlashtirish va rag‗batlantirishga, qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Chet el raqobatchilari oldida ustunlikni qo‗lga kiritish va ushlab turishni korxonalar o‗zlari amalga oshirishi kerak. 306 Ishlab chiqarish omillariga suyangan holda jahon bozorida u yoki bu mamlakatning ustunlikni qo‗lga kiritishi o‗ziga xos xususiyatga ega. Ishlab chiqarish omillarining o‗zi borgan sari o‗zgaruvchan, ko‗chib yuruvchan bo‗lib boradi. Kapital investitsiya qilinadi va boshqa mamlakatlarga oqib o‗tadi; ishchi kuchi ish haqi ancha yuqori, mehnat sharoiti ancha yaxshi mamlakatlarga ko‗chib o‗tadi; fan-texnika yangiliklari ham eksport, ham import qilinadi. Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati nazariyasi o‗zining maxsus xususiyatga ega. Shu bilan birga bu yerda ham xalqaro tovar va xizmatlar savdosi sohasidagi rag‗batlan-tirish va qonuniyatlar deyarli bir xil amal qiladi. Tashqi savdo munosabatlari va ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati konsepsiyalarida va olib borayotgan siyosatida asosiy qoidalar hisobga olinadi. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti eksport kvotasi miqdoriga bog‗likligi nazarda tutiladi. Kichkina mamlakatlarda odatda, bunday kvota yuqori, negaki bu mamlakatlarning iqtisodiyoti tashqi savdoga ancha katta darajada bog‗liq bo‗ladi. Shu narsa ham ayonki, har qanday mamlakat milliy xo‗jaligining holati tashqi savdo va to‗lov balansini aniqlab beradi. Agar eksport importdan ancha ortib ketsa mamlakatning to‗lov balansi tanqisligi kuchayadi, bu uni tashqaridan qarz olishga majbur etadi. Natijada bunday mamlakatning qarzlari hamda, har xil salbiy oqibatlar kuchayadi. Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini bir xil baholab bo‗lmaydi. Bu yerda universal mezon amal qilmaydi. Samaradorlik va foydalilik nafaqat tashqi valyuta tushumlariga bog‗liq, balki jahon va ichki narxlar dinamikasiga, savdo operatsiyalari miqyosiga, hisob-kitob tizimiga ham bog‗liq. Tashqi savdo nazariyalari va siyosati ildizi odatda, to‗lov balansi holatiga borib taqaladi. To‗lov balansi milliy valyutaning ishonchli va barqarorligini, mamlakatning moliyaviy majburiyatlari va qarzlari bo‗yicha hisob-kitob qilish qurbiga ega ekanligini, iqtisodiy 307 siyosat samaradorligini baholashni, tashqi iqtisodiy aloqalarning amaliy ahamiyatini ko‗rsatib beradi. Hozirgi davrda jahon savdosining xalqaro kapital harakatiga bog‗liqligi kuchayib bormoqda. Jahon kapitali oqimi tovarlar oqimidan oshib borayapti. Xalqaro kapital oqimining kuchayishi yevrovalyuta bozori va xalqaro obligatsiyalar bozorida namoyon bo‗lmoqda, bu bozorlarning ko‗lami ancha kengaymoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib shuni aytish mumkinki, samarali tashqi savdoga, uning dinamikasi va tuzilishiga ta‘sir etuvchi turli-tuman omillarning barchasini hisobga oladigan amaliyotda bironta ta‘limot amal qilmay-di. Iqtisodiy nazariyalarda tajribalar umumlashtiriladi, prinsiplar shakllantiriladi, kerakli xulosalar chiqariladi, lekin tayyor andozalar yo‗q. Hamma qabul qilgan, yagona xalqaro ayirboshlash nazariyasi amal qilmaydi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling