Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
16.5. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti
to„g„risidagi nazariyalar Garbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og‗ir bo‗ladi. ochlik-yalang‗ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg‗armalar paydo bo‗lishiga to‗siqdir va kapital qo‗yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o‗sishiga yo‗l bermaydi, kambag‗allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsiz rivojlanish). Bu og‗ir ahvoldan chiqishning birdan bir yo‗li - tashqi «turtki yo‗li» hisoblanadi. Minimum kapital qo‗yilmalarning asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o‗sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo‗yilmalar miqdori ma‘lum kritik darajadan yuqori bo‗lishi kerak, shu bilan turg‗unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. Garbdagi ko‗p iqtisodchilar bu 308 mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‗tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka qaram mamlakatlari bilan metropoliya o‗rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo‗lmagan, noekvivalent almashuv yo‗li bilan qo‗shimcha boylik orttirish imkoni bo‗lgan. Ilgari mustamlaka bo‗lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko‗p vaqt davomida ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta‘limotlari yuzaga keldi. «Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo‗lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xomashyo mahsulotlariga ixtisoslashish ma‘qul, sanoatni rivojlantirishga hojat yo‗q, chunki an‘anaviy eksport tovarlari hisobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. Bu fikrga qo‗shilib bo‗lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Masalan, Malayziya xuddi shunday yo‗l tutdi, faqat o‗z xomashyosini tayyor mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. «Ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga esa faqat xomashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ham ustun hisoblanadi. Ba‘zi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarning «industrlashtirish» nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va boshqalarning fikricha shaxsiy iste‘molni ixtiyoriy qisqartirib, iqtisodiyotni moliyalash uchun jamg‗armalar yetarli emas, davlat soliq tizimi orqali iste‘molni majburiy yo‗l bilan qisqartirish kerak. Ayrim hollarda «me‘yordagi inflyatsiya»dan foydalanish taklif etiladi. Jamg‗armalarni tashqi moliyalash manbalari bo‗yicha turli fikrlar bildiriladi. Ko‗pchilik mualliflar ayniqsa, o‗tish davrida chet el mamlakatlari (birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar) tomonidan 309 iqtisodiy va texnikaviy yordam zaruriy chora sifatida ko‗rsatiladi, undan keyin esa bu ishlar «xususiy chet el investitsiyalari» bilan almashadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni industrlashtirish strategiyasi bo‗yicha ham turli g‗oyalar mavjud. Ba‘zilar (V.Lyuis, P.Bauer) faqat qishloq xo‗jaligi sohasi bilan yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirishni taklif etadilar, boshqalar boshida oddiyroq, keyinchalik texnika va texnologiyasi murakkab bo‗lgan tarmoqlarga o‗tishni lozim, deb hisoblaydilar. Qishloq xo‗jaligini rivojlantirish industria- lizatsiyaning hal qiluvchi sharti sifatida belgilanadi. Amerika iqtisodchilari X.Leybenshteyn va V.Rattenlar qishloq xo‗jaligini texnik rekonstruksiyalashni eng muhim masala, deb qaraydi. Bu davrda sanoat qishloq xo‗jaligi uchun kerakli tovarlarni ishlab chiqarishi kerakligini ta‘kidlaydi. Bu fikrlarda jon bor, masalan, «ko‗k inqilob»ni amalga oshirgan bir qancha davlatlar eng muhim masala - oziq-ovqat muammosini asosan hal qila oldilar. Lekin shunga qaramasdan sayyoramizda oziq-ovqat masalasini hal etish eng muhim muammodir. Iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish xususiy sektorni qo‗llash, bozor xo‗jaligi defektlarini tugatish uchun kerak, deyiladi. Amerikalik iqtisodchi G.Kolm fikricha kam rivojlangan davlatlarda planlashtirishning maqsadi bozor jarayonini faollashtirishga qaratilishi kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini g‗arb andozalari asosida olib borish ham taklif etiladi, bu tarixiy jarayon asosida ro‗y berishi kerak (kapital jamg‗arish, manufaktura rivoji, dehqonlarni yerdan mahrum etish...). U.Rostou o‗zining «Iqtisodiy o‗sish bosqichlari» nazariyasida shu qoidani isbotlashga urinadi. Boshqa olimlar ham shu qoidaga amal qilib, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini sun‘iy ravishda tezlashtirishga o‗rinmasliklari kerak, bu davlatlar kapitalistik davlatlar bosib o‗tgan yo‗ldan borishlari maqbul, boshqa yo‗l qidirishga hojat yo‗q, degan g‗oyani qo‗llaydilar. «AQSh tashqi siyosatining siyosiy iqtisodi» kollektiv tadqiqotida 310 rivojlanayotgan davlatlar Farbning qisqa va uzoq muddatli manfaatlariga mos keluvchi siyosatni olib borishlari kerak, degan xulosa chiqariladi. Bu tadqiqotdagi g‗oya bo‗yicha jahon xo‗jaligidagi munosabatlar rivoji boshqa sivilizatsiyalashgan munosabatlar sari borishi kerak va bu jarayon keyingi paytlarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib sifatida qaralmoqda. Bunda hamma munosabatlar o‗zaro tenglikka asoslangan, barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga oluvchi va adolat tamoyillariga amal qiluvchi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar yangi xalqaro iqtisodiy tartibning asosiy mazmunidir. Bunday g‗oyaning paydo bo‗lishi avvalgi davrlarda bu munosabatlarda tenglik bo‗lmaganligini tan olish bilan barobar fikrdir. I.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilarning ta‘kidlashicha kambag‗al mamlakatlar masalasi kambag‗al Janub bilan boy Shimol o‗rtasidagi muammolar sifatida tobora kuchayib bormoqda. Janub mamlakatlari o‗z qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud avvalgi tartibdan, deb bilmoqdalar, bu tartib go‗yoki ularga qarshi qaratilgan. 1974-yilda BMT Bosh Assambleyasi yangi xalqaro iqtisodiy tartib joriy etishni qo‗llab- quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi (NIEO). Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi: 1. Xalqaro aloqalar ma‘lum tartibga solib turiladi va bu turli davlatlar tomonidan siyosiy yo‗l bilan amalga oshiriladi. 2. Ishlab chiqarilgan tovarlarning davlatlararo taqsimotida rivojlanayotgan mamlakatlar manfaati ham hisobga olinishi shart va shuni ta‘minlaydigan yo‗llar yaratilishi kerak. 3. Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib borilishi zarur, har bir davlat o‗z ichki tuzumidan qat‘iy nazar shu munosabatlarda qatnashishga haqlidir. Janub birinchi navbatda, Shimol tomondan yordam miqdorini oshirishni so‗raydi. Boy mamlakatlar esa berilgan yordamdan samarali foydalanish zarurligini ro‗kach qilmoqda. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling