Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

To„rtinchidan, insoniy rivojlanish faqat iqtisodiyotni emas, balki 
butun jamiyatni qamrab oladi. Siyosiy, madaniy va ijtimoiy omillarga, 
iqtisodiy omillarga kabi e‘tibor beriladi.
Beshinchidan, odamlar rivojlanishning maqsadi va erishish omili 
ekanligi tan olinadi. Odamlar materialistik mashina uchun qulay yem 
emas, balki rivojlanishning oxirgi maqsadi ekanligi doim yodda bo‗lishi 


313 
kerak. Odamlar tovar ishlab chiqarishning «insoniy kapital» niqobi 
ostidagi quroli emasligi ko‗zda tutilishi kerak.
Xo‗sh, mamlakatning insoniy rivojlanish darajasi qanday 
baholanadi? Bu muammoning zamonaviy yechimlariga bir oz 
to‗xtalamiz. Mamlakatning rivojlanganlik darajasini baholashning 
yaqingacha yagona usuli jon boshiga YaMM bo‗lganligi sababli 
mukammalroq ijtimoiy-iqtisodiy ko‗rsatkichni kashf qilish davr talabi 
edi. Izlanishlar natijasida insoniy rivojlanish indeks (IRI) ko‗rsatkichi 
kashf etildi. IRI inson rivojlanish darajasini ko‗rsatuvchi uch asos - 
umrboqiylik, 
ta‘lim 
va 
yashash 
darajalaridan 
iborat 
integral 
ko‗rsatkichdir. Uzoq umr ko‗rish kutilayotgan hayot davomiyligi orqali 
o‗lchanadi. Ta‘lim darajasi ko‗rsatkichning 2/3 qismini tashkil etuvchi 
katta yoshlilar savodxonligi va 1/3 qismini hosil qiluvchi ta‘limning 
o‗rtacha davomiyligi ko‗rsatkichlari orqali ifodalanadi. Yashash 
hayotning mahalliy qiymati (sotib olish pariteti yoki RRR - «purchasing 
power parity») ga nisbatan to‗g‗rilangan jon boshiga real yalpi ichki 
mahsulot (YaIM) orqali baholanadi. Nimaga faqat uch ko‗rsatkich? - 
degan savol tug‗ilishi tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks 
ettirish a‘lo bo‗lar edi. Ammo ma‘lumotlarning to‗liq emasligi bir oz 
cheklanishlar tug‗diradi va bu ma‘lumotlarga ega bo‗linganda, balki 
ularni ham hisobga olish ayni muddao bo‗lar edi. Ammo ko‗proq 
ko‗rsatkichlarni qo‗shish har doim ham yaxshiroq natijalarga olib 
kelavermaydi. Ularning ba‘zi birlari ishlatilayotgan ko‗rsatkichlar bilan 
korrelyatsiya qilingan bo‗lishi mumkin. Bolalar o‗limi darajasi, masalan, 
kutilayotgan hayot davomiyligida o‗z aksini topgan. O‗zgaruvchilarning 
ko‗proq sonini qo‗shish umumiy manzarani xiralashtiradi va asosiy 
yo‗nalishlardan chalg‗itadi.
Insoniy rivojlanish tushunchasi so‗nggi yillarda barqaror 
rivojlanish g‗oyasi bilan to‗ldirildi. Buning ma‘nosi shuki, hozirgi 
avlodning insoniy rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi 
hisobiga ro‗y bermasligi darkor. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi 


314 
dastlab, atrof-muhitni muhofaza qilish harakati tomonidan kiritildi, bu 
harakat namoyandalari rivojlanish tushunchasi «avlodlar o‗rtasidagi 
munosabatlar» kabi g‗oyani ham o‗z ichiga olishini himoya qilmoqdalar. 
Tabiiy resurslarning kamayib borishi kelajak avlodlar rivojlanishi 
muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. «Barqaror rivojlanish» 
konsepsiyalari atrof-muhit va tabiiy resurslar doirasidagina qo‗llanilishi 
mumkin bo‗lmay, balki insoniy imkoniyatlar, «insoniy kapital»ga 
qo‗yiladigan investitsiyalarga ham tegishlidir.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) 
tomonidan izchil targ‗ib qilinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik 
«Insoniy rivojlanish bo„yicha hisobotlar» (Human Development Report
ko‗rinishida chop etilmoqda. 1988-yilda boshlangan o‗n yillik BMT 
Taraqqiyot Dasturi tomonidan barqaror ijtimoiy rivojlanish o‗n yilligi, 
deb e‘lon qilingan. Bu o‗n yil davomida ijtimoiy masalalarning ko‗pgina 
jabhalariga 
tegishli 
o‗nta butunjahon anjumanlari o‗tkazilishi 
mo‗ljallangan. 1995-yil mart oyida Kopengagenda o‗tkazilgan oliy 
martabali ijtimoiy rivojlanish konferensiyasi va 1995-yil sentabr oyida 
Pekinda 
o‗tkazilgan 
ayollar 
muammolariga 
bag‗ishlangan 
konferensiyalar (1995-yilgi «Insoniy rivojlanish bo‗yicha hisobot» erkak 
va ayollar orasida tenglikka erishish masalalariga bag‗ishlangan) ana 
shular jumlasidandir. Har ikkala anjumanda o‗ta muhim zamonaviy 
masalalarga javob topishga harakat qilindi. Xususan, Kopengagen 
anjumanida 160 ga yaqin davlat boshliqlari ishtirok etdi (unda 
Respublikamiz Brinchi Prezidenti I.A.Karimov ham ishtirok etdi). Unda 
Butunjahon Ijtimoiy Deklaratsiyasi qabul qilindi va harbiy sohaga sarf 
qilinayotgan harajatlarni insoniy rivojlanish maqsadlariga safarbar qilish 
yo‗llari muhokama qilindi.
1995-yildan boshlab BMT Taraqqiyot Dasturi milliy darajada ham 
«Insoniy rivojlanish bo‗yicha hisobot»larni nashr qilishda yangi 
mustaqil mamlakatlarga ko‗mak bera boshladi.


315 
O‗zbekistondagi ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasining asosini 
aynan inson va uning manfaatlari tashkil etadi. U insonni pirovard 
maqsad va rivojlanish asosi, deb qaraydi. Hozirgi davrdagi mavjud 
konsepsiyalar 
xoh 
markazlashtirilgan 
iqtisodiyotda 
moddiy 
mahsulotning yoki bozor iqtisodiyotida ichki mahsulotning o‗sishi 
bo‗lsin tovar ishlab chiqarishni eng asosiy maqsad, deb bilgan. Undan 
tashqari, bu asosiy maqsad, ya‘ni jon boshiga tovar ishlab chiqarishning 
o‗sishi, jismoniy kapitalni jamg‗arish hisobiga erishilgan. Ya‘ni eskicha 
fikrlash doirasida qo‗shimcha o‗sish pirovard maqsad bo‗lsa, 
investitsiyalar esa unga erishish vositasi hisoblangan.
Har qanday jamiyatlarning rivojlanishida ularning bir holatdan 
boshqasiga o‗tish davrlari eng mushkul, og‗ir bo‗lib hisoblanadi. Bu bir 
hayot tarzining buzilishi va yangisining yaratilishi vujudga keladigan 
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy harakatlardagi murakkabliklar bilan 
bog‗liq.
Jamiyatni bunday tubdan o‗zgartirish beozor o‗tishi mumkin emas. 
Bu o‗sish istar-istamas yuzlab va minglab odamlar, oilalar, milliy va 
jamoat guruhlari, butun davlatning ijtimoiy ahvoli, moddiy farovonligi, 
taqdirlariga daxldor bo‗ladi.
O‗zbekiston hukumati islohotlarning insonlar hayoti va farovonligiga 
salbiy ta‘sirini imkoni boricha kamaytirish maqsadida yangi iqtisodiy va 
ijtimoiy tizimga bosqichma-bosqich o‗tish yo‗lini tanladi.
O‗zbekiston uchun hozirgi bosqichda birinchi va muhim vazifa bu 
bozor 
islohotlarini 
o‗tkazishda jadallashtirishga asos bo‗lgan 
makroekonomik barqarorlikni ta‘minlashdir. Chunki bu aholi turmush 
darajasini yetarli ta‘minlashning tabiiy asosini tashkil etuvchi kelgusi 
iqtisodiy o‗sish zaminidir. Masalaning murakkabligi shundaki, 
makroekonomik 
siyosatning 
kuchaytirilishi 
sharoitida 
ijtimoiy 
ehtiyojlarga xarajatlarni keskin kamaytirishga yo‗l qo‗yilmasligi kerak, 
chunki insoniy resurslarga qo‗yilgan mablag‗lar ularning kelajakda 
barqaror rivojlanish asosigina bo‗lib qolmay, hozirgi davrda osoyishta 


316 
ijtimoiy sharoitning kafolotlanishini ham ta‘minlaydi. O‗zbekiston 
uchun bu juda muhimdir, chunki u qo‗shni mamlakatlarda harbiy 
to‗qnashuvlar davom etayotgan mintaqada joylashgan. Davlat o‗tish 
davrining murakkabliklarini hisobga olgan holda o‗z oldiga aholining 
iste‘mol darajasining keskin pasayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik, mavjud 
ta‘lim tizimini qo‗llab-quvvatlash, aholini sog‗liqni saqlash xizmatlari 
bilan ta‘minlash, yangi bozor munosabatlari sharoitlariga moslashishi 
qiyinroq bo‗lgan aholi qatlamlarini qo‗shimcha ijtimoiy yordam bilan 
ta‘minlash, mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosi o‗z ijobiy 
kuchlarini namoyon etishi, mustaqil ravishda o‗zi va oilasi uchun yaxshi 
hayotni ta‘minlashi uchun sharoit yaratish vazifasini qo‗ygan.
O‗tishning dastlabki bir necha yilida talay qiyinchiliklar qayd 
etildi, ammo Hukumat iqtisodiy va ijtimoiy siyosat yurgizish yo‗li bilan 
aholini tushkunlik sharoitida shak-shubhasiz ro‗y beradigan asosiy 
larzalardan himoya qila oldi.
Mamlakat shuningdek, boy tabiiy resurslardan foydalanishning puxta 
o‗ylangan yondashuvi asosida kattagina mablag‗larni jalb qilishga 
erishdi. Natijada ishlab chiqarishning pasayishi MDH mamlakatlariga 
nisbatan ancha kam bo‗ldi, 1996 yildan o‗sish boshlandi. Undan tashqari 
davlat ishlab chiqarish hajmlari pasayishiga qaramay, aholini ish bilan 
ta‘minlashning yuqori darajasiga erishish uchun barcha tadbirlarni 
qo‗lladi. Ishlab chiqarishning pasayishi va inflyatsiyaning ko‗tarilishi 
tufayli real ish haqi keskin pasaydi, ammo respublika ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlashning keng qamrovli hukumat dasturi yo‗li bilan aholining 
iste‘mol darajasini qo‗lladi.
Albatta, aholini qo‗llovchi keng qamrovli dasturni uzoq vaqt 
mobaynida ta‘minlash qiyin masala hisoblanadi. Ammo islohotning 
dastlabki bosqichida bu madad kelajakda islohotlarning amalga oshishi 
uchun siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash va milliy birdamlikka 
erishishda nihoyatda muhimdir. Respublika amalda muhim ustunliklarga 


317 
ega va oqilona iqtisodiy siyosat amalga oshirilganda o‗tishni 
muvaffaqiyatli yakunlashi aniq.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling