Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama uchun savollar
- XVIII BOB. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA‟MURIY-BUYRUQBOZLIK TIZIMIDAN BOZOR MUNOSABATLARIGA O„TISH DAVRI KONSEPSIYASI
Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuyi. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‗zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar. Islohotlar konsepsiyasi – ijtimoiy–iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‗nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‗llarining umumiy g‗oyasi. Muhokama uchun savollar 1. Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‗llar (modellari) ni ta‘riflab bering. Ularning umumiy va o‗ziga xos tomonlarini ko‗rsating. 2. O‗zbekistonning bozor munosabatlariga o‗tish yo‗li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi? 3. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish tamoyilining mazmunini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to‗laroq bayon qiling. 4. Bozor munosabatlariga o‗tishda iqtisodiy islohotlar o‗z oldiga qanday vazifalarni qo‗yadi? Bu vazifalarning to‗laroq tavsifini bering. 329 XVIII BOB. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA‟MURIY-BUYRUQBOZLIK TIZIMIDAN BOZOR MUNOSABATLARIGA O„TISH DAVRI KONSEPSIYASI 18.1. Milliy iqtisodiyotda ma‟muriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati Insoniyat XXI asrga kelib ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O‗zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va sohta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o‗z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan: 1. Bir yoqlama rivojlangan, mo‗rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat. 2. Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga hamda puxta yakkahokimlikka asoslangan iqtisodiy tizim. 3. Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy darajadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va bo‗tlovchi qismlar, shuningdek, yoqilg‗i ta‘minotida markazga qaramlik. 4. Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go‗sht-so‗t mahsulotlari)va boshqa xalq iste‘moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi. 5. Paxta xomashyosi mahsulotlarining suvtekinga tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorida o‗ta xaridorgir bo‗lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydaning O‗zbekiston xazinasiga tushmasligi. 6. Iqtisodiy o‗sish sur‘atlari samaradorligi ko‗rsatkichlarining salbiy darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi. 330 7. Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning cheklanganligi. 8. Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush darajalaridagi farqning ortib borishi. 9. O‗zbekiston aholisi turmush darajasi ko‗rsatkichlarining sobiq SSSRdagi eng oxirgi o‗rinlardan biriga tushib qolganligi. 10. Ekologik muammolarning keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan ayovsiz foydalanish, yerlar sho‗rlanishining ortishi, cho‗l zonalarining kengayishi. Yuqorida keltirilgan xulosalarni isbotlovchi dalillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1991-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo‗g‗i 3,5% i pirovard iste‘mol uchun respublikada qayta ishlangan. 1990-yilda respublikada mavjud korxonalarning 38% sobiq ittifoq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo‗g‗i 8% korxonalar respublika mulkchiligi tasarrufida bo‗lgan. 1988-yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan. «1930-yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami daromadi tirikchilik o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi». Ma‘lum sabablarga ko‗ra respublika hozirgi xalq xo‗jaligi va aholi juda qattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlarning 65% gacha bo‗lgan qismini tashqaridan keltirishga majbur edi. Yoqilg‗i, stanoklar, asbob-uskunalar, yog‗och-taxta va yog‗och materiallari to‗g‗risida gapirmasak ham bo‗ladi. Ular ham chetdan keltirilgan. Bozorga o‗tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib chiqadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling