Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
O„tish davri tavsifi va uning milliy xususiyati
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
18.2. O„tish davri tavsifi va uning milliy xususiyati
Ma‘muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari bozor munosabatlariga o‗tish zaruriyatini va iqtisodiyotda tub islohotlar boshlashni etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o‗tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko‗proq tayanishni taqozo etdi. Bunday mas‘uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Aslini olganda gap bozor munosabatlariga o‗tishda o‗xshashi bo‗lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o‗z yo‗limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo‗l - uch tarkibiy qismdan iborat: ijtimoiy jihatdan yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi; qat‘iy markazlashtirilgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan xo‗jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‗tishning eng muhim prinsiplari; 334 iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashning aniq yo‗nalishlari. Keltirilgan tarkibiy qismlar to‗g‗risida respublikamiz ziyolilari, xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlarni davom ettirib, bir qator asarlarini chop etishdi. O‗tish davri iqtisodiyotining ko‗pchilik mamlakatlarga xos bo‗lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o‗tishdagi beqarorlik, nomutonosiblik va muvozanatsizliklar; jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo‗llarining turli-tuman xarakterdaligi; mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub islohotlarning zarurligi; umumiy o‗tish qonuniyatlari mavjudligidan qat‘iy nazar har bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi; eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlarning nomuvofiqligi, ba‘zi hollarda esa qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega bo‗lishi; jamiyat a‘zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishning qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishiga qaramay tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va taraqqiyparvar kishilarning tobora ortib borishi va.b. Tarix tajribasiga ko‗ra madaniylashgan bozor munosabatlariga o‗tish davrining davomiyligi bozor iqtisodiga o‗tishning qanday yo‗li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog‗liq bo‗ladi. O‗tish davri ko‗hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni tashkil etgan bo‗lsa, mustamlakachilikdan ozod bo‗lgan Osiyo va boshqa qit‘a mamlakatlarida bir necha o‗n yildan iborat bo‗ldi. Masalan, Buyuk Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSh-50-100 yil. 335 Boshlang‗ich shart-sharoitlarga ko‗ra yondashilgan guruhlash mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular: Uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot. An‘naviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllana- yotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat. Sotsializm g‗oyalarini samarali bozor iqtisodini vujudga keltirish bilan qo‗shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning xitoycha yo‗li. Yuqoridagi yondashuvlar asosidagi tahlillar ko‗rsatishicha bozor munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis kechmagan. Ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotining tub maqsadi iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‗lashni ko‗zda tutadi. Mamlakatimizda ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotining batamom shakllanishi uchun zarur bo‗lgan vazifalar nechog‗lik tez hal etilishi o‗tish davri davomiyligini belgilaydi: 1. Birinchi galdagi asosiy vazifa – mulkdorlar sinfi masalasining tubdan hal etilishi, boshqacha aytganda xususiy mulkchilik yetakchiligidagi ko‗p ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi. 2. Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish. 3. Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya muassasalari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalarni) rivojlantirish. 336 4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma‘muriy cheklashlar orqali boshqarishdan iqtisodiy tariflar yo‗li bilan boshqarishga, ya‘ni jahonda qabul qilingan ma‘rifiy shakllarga o‗tish. 5. Milliy valyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirish masalasini hal etish orqali valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish. 6. Xorijiy sarmoyadorlarning O‗zbekiston bozorida faoliyat ko‗rsatishi uchun kafolat va imtiyozlar va rag‗batlantirishni kuchaytirish. 7. Korxonalarning xo‗jalik favoliyatiga noo‗rin aralashuvning cheklab qo‗yilishi. 8. Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning o‗z faoliyati uchun iqtisodiy va moliyaviy mas‘uliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini oshirish. Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning milliy xususiyatlari akademiklar S.S.G‗ulomov, M.Sharifxo‗jayev, professorlar A.O‗lmasov, N.To‗xliyev, Yo.Abdullayev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilarning tadqiqotlarida batafsil bayon etilgan. Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni bayon etishdagi yondashuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. A.A.Razzoqov bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular: – yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda); – ma‘muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sotsialistik, deb atalgan mamlakatlarda); – boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan yetakchi mamlakatlarda). Ayni paytda prof. A.O‗lmasov ta‘kidlashicha «Tarixan bozor iqtisodiyotining 2 turi bo‗lgan: yovvoyi va madaniylashgan bozor iqtisodiyoti». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling