Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo„lib


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo„lib, 
bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan 
o„zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud 
ilg„or 
andozalar 
tomon 
yo„naltirish 
va 
takomillashtirish 
jarayonlarining majmuyi sifatida ifodalash mumkin.
Zero, bu holat mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov 
tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-
yanvardagi 
qo‗shma 
majlisidagi 
ma‘ruzasida 
mamlakatni 
modernizatsiyalash va isloh etishning ustuvor yo‗nalishlari hamda 
mazkur yo‗nalishlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo‗lgan dolzarb 
vazifalar orqali yaqqol namoyon bo‗ladi. Jumladan:
1. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:  
- mamlakatda ijro hokimiyati rolini oshirish, ayni paytda uning 
vakolatlari va huquqlarini kengaytirish orqali hukumatning mas‘uliyatini 
yanada oshirish;
- mamlakatning Oliy qonunchilik organi – ikki palatali Parlamentni 
shakllantirish;
- hokimiyatning asosiy bo‗g‗ini va davlat tayanchi bo‗lgan o‗zini-
o‗zi boshqarish organlari – mahalla, mahalla qo‗mitalari va qishloq 
fuqarolik yig‗inlariga keng imkoniyatlar berish orqali ularning 
vakolatlarini oshirish va faoliyati hamda rolini amalda kuchaytirish;
- mamlakat istiqboli bilan bog‗liq bo‗lgan hamda davlat 
ahamiyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ayni paytda faoliyat 


341 
ko‗rsatayotgan siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining roli, 
ishtiroki hamda ta‘sirini tubdan kuchaytirish va boshqalar.
2. Sud-huquq tizimi islohoti sohasida:  
- sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishni davom 
ettirgan holda uning faoliyatini demokratik tamoyillar asosida yanada 
takomillashtirib borish;
- prokuratura tizimining ayrim huquq va vakolatlarini sudlarga 
o‗tkazilishini ta‘minlash va boshqalar.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling