Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

18.4. O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining ustuvorliklari 
Mamlakatimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy 
oqibatlarini bartaraf etish bo‗yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi 
choralar 
dasturi 
shu 
davrda 
O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng ustuvor yo‗nalishi bo‗lib qoldi. 
Mamlakatimizda, milliy iqtisodiyotni isloh etish, erkinlashtirish va 
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish 
borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inqirozlar va boshqa 
tahdidlarning salbiy ta‘siridan himoya qiladigan kuchli to‗siq, 
mustahkam va ishonchli himoya vositalari yaratildi. 
Inqirozga qarshi choralar dasturida – belgilangan chora-tadbirlar 
quyidagi beshta asosiy vazifani hal etishga qaratildi. 
Birinchidan – korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, 
moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor, 
iqtisodiyotning 
asosiy 
tarmoqlari, 
eksportga 
yo‗naltirilgan 
va 
mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir. 
Ikkinchidan – joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan 
hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi 
bozorlarda raqobatdosh bo‗lishini qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha aniq 
chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‗batlantirish uchun 
qo‗shimcha omillar yaratish.


344 
Uchinchidan – qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
va 
mahsulot 
tannarxini 
kamaytirishni 
rag‗batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish. 
To„rtinchidan – elektrenergetika tizimini modernizatsiya qilish, 
energiya iste‘molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini 
joriy etish choralarini amalga oshirish. 
Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir 
sharoitda, ichki bozorda talabni rag‗batlantirish orqali mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarni qo‗llab-quvvatlash. Bu vazifani bajarishda ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o‗rin tutadi.
Respublikamizda yaqin istiqbol yillarida ham ―izchil yuqori o‗sish 
sur‘atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz 
raqobatbardoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‗nalishimizga 
aylanishi darkor‖
24
 
Bu davrda iqtisodiyot va uning yetakchi 
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni 
jadallashtirish va uning ko‗lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni 
diversifikatsiya qilish markaziy o‗rin tutadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling