Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish borasida
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tashqi siyosat sohasida
- 5. Iqtisodiyot sohasida
3. Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish borasida:
- ommaviy axborot vositalari tizimini yanada rivojlantirish; - matbuot, radio-televideniye faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishlari va erkinligini amalda ta‘minlash; - ommaviy axborot vositalarining nodavlat shakllari yaxlit tizimini yaratish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashga hamda tezkor axborotlarni olish va xalqqa yetkazish masalalarida erkinlikni oshirish; - jamiyatda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish orqali fuqarolar sog‗lom fikrlari va g‗oyalarini ayta oladigan «erkin so‗z», «erkin fikr» minbariga aylantirishga erishish va boshqalar. 4. Tashqi siyosat sohasida: - mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash; - global muammolardan biriga aylangan xalqaro terrorizmga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish; - diniy ekstremizm va narkoagressiyaga qarshi keskin kurash olib borish; - boshqa mamlakatlar bilan tashqi integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish; - Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat berish; - jahonning yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy tuzilmalari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va boshqalar. 5. Iqtisodiyot sohasida: 342 - mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish; - iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish; - bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o‗tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma‘muriy-taqsimot tizimi mezonlaridan butunlay voz kechish; - xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini ta‘minlash; - davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko‗proq cheklash; - kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e‘tiborni qaratish; - xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‗ullanuvchilar faoliyat ko‗rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag‗batlantirib borishni tashkil etish; - soliq tizimini yanada takomillashtirish; - soliqqa tortish borasida qo‗shimcha imtiyozlar va pereferensiyalar berilishini ta‘minlash va boshqalar. Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo‗nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o‗rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta‘minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o‗zgarishlar, jahon bozori konyunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog‗liq. Biroq shu bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi o‗zgarishlarga chambarchas bog‗liq. Ya‘ni barcha soha va jabhalar o‗rtasida jadal isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta‘minlashga harakat qilish lozim. Shu o‗rinda modernizatsiyalash jarayonining jamiyat har bir a‘zosining ongliligi va mustaqilligini oshirishdagi o‗rniga 343 alohida e‘tibor qaratish lozim. Chunki iqtisodiyot hamda mamlakat hayotining boshqa sohalarini modernizatsiyalash eng avvalo, ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi, ularni amalga oshiruvchi va doimiy ravishda takomillashtirib boruvchi jamiyat a‘zolari dunyoqarashi, tafakkurining o‗zgarishi, ularning demokratik va tub islohot jarayonlaridagi faolligi oshishiga bevosita bog‗liq. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling