Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
O„zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modernizatsiya
18.3. O„zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish
va modernizatsiyalash vazifalari Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, qo‗lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o‗rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga ko‗ra hozirda modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, modernizatsiya atamasining mazmuniga to‗xtaladigan bo‗lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha, deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug‗atlarda unga quyidagi mazmundagi ta‘rif beriladi: «Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me‘yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko‗rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi». Fikrimizcha bu modernizatsiyaga tor ma‘nodagi yondashuv bo‗lib, bugungi kunda uning keng ma‘nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya – an‘anaviy jamiyatning ilg‗or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta‘minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Klassik sotsiologiyada mazkur atama E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan. Veber esa modernizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni sifatida tavsiflab, u orqali xo‗jalik subyektlari o‗z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori darajada oshirishga intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modernizatsiya jarayoni jahondagi texnologik va ijtimoiy o‗zgarishlarning impulsi bo‗lib xizmat qiluvchi asosiy, «o‗zak» iqtisodiyotlarga nisbatan teng huquqli mavqega erishishni anglatadi. Modernizatsiyaning keng ma‘nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R.Nureyev uning neoklassik va keynscha talqinlarini farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va demokratiyani 338 mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan eng avvalo, xo‗jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o‗zgarishlar sifatida tushuniladi. Dastlabki o‗ringa texnik-iqtisodiy muammolar qo‗yiladi. Xo‗jalikning zamonaviy tarmoqlarining mavjud bo‗lmasligi taraqqiyotning asosiy to‗sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi. Umuman olganda, modernizatsiya an‘anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan holda oqilona boshqarishga asoslangan jamiyatga o‗tish jarayonlarini namoyon etadi. Nazariyada modernizatsiya, deganda «an‘anaviy tarzdagi yopiq jamiyat»ga qarama- qarshi o‗laroq «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakllantirishga olib keluvchi industrlashtirish, sekulyarlashtirish, urbanizatsiya, umumiy ta‘lim, vakolatli siyosiy hokimiyat tizimlarining qaror topishi, hududiy va ijtimoiy safarbarlikning kuchayishi kabi jarayonlarning majmuyi tushuniladi. Modernizatsiya jarayoni doirasida odatda, quyidagi o‗zgarishlar ro‗y beradi: 1) ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush tarzining o‗zgarishi – ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolarni hal etuvchi yangi tartib va mexanizmlarning paydo bo‗lishi; 2) alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi; 3) iqtisodiyot sohasida – tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada yoyilishi, yangi ilg‗or texnologiyalarning paydo bo‗lishi, boshqaruvchilar va yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga yetishi; 4) ijtimoiy munosabatlarning o‗zgarishi – immobil tabaqalashgan jamiyatdan dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan jamiyatga o‗tilishi. Modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida shuningdek, uning quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko‗rsatish mumkin: 339 1) uning majmuaviyligi, ya‘ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi; 2) uning tizimiyligi, ya‘ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o‗zgarishi boshqalarining o‗zgarishiga olib kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o‗zgarishlar iqtisodiyotdagi o‗zgarishlarga olib keladi va aksincha; 3) uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg‗or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda; 4) uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro‗y bermaydi, balki u bosqichlarga bo‗linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi yetakchi guruhning paydo bo‗lishi, o‗zgarishlarni ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi); 5) tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro‗y berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an‘analariga tayanadi (masalan, «yapon iqtisodiy mo‗jizasi»), G‗arb va Yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to‗liq voz kechishni taqozo etmaydi. Ba‘zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga e‘tibor qaratiladi. Siyosatshunoslar S.Vebra va L.Pay siyosiy modernizatsiya jarayonining quyidagi asosiy belgi va tarkibiy qismlarini ajratib ko‗rsatadilar: 1) siyosiy tizim institutlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan tabaqalashuvi ya‘ni qat‘iy ravishda belgilangan vazifalarni bajaruvchi hamda o‗zaro bog‗liq va o‗zaro ta‘sir ko‗rsatuvchi yangi siyosiy institutlarning qaror topib borishi (masalan, ijro hokimiyati tarkibida yangi yo‗nalishdagi vazirlik va idoralarning tashkil etilishi); 2) siyosiy tizimning safarbarlik qobiliyatlari, ya‘ni uning turli- tuman (siyosiy, iqtisodiy, axborot, demografik) resurslarni safarbar etish qobiliyatlarini oshirish hamda ularni taraqqiyotning yangi maqsadlariga erishish tomon yo‗naltirish; 340 3) siyosiy tizimning inqirozli holatlarda yashovchanligi hamda kommunikatsiya, sotsializatsiya va mobilizatsiyaning yangi vositalaridan foydalanish hisobiga inqirozlarni bartaraf etish qobiliyatlarini oshirish; 4) siyosiy tenglik tomon sezilarli darajada harakat qilish, ya‘ni fuqarolarning siyosatda ishtirok etishidagi barcha (iqtisodiy, ma‘muriy, milliy va h.k.) cheklovlarni sekin-asta tugatib borish. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling