Kirish. I bob : Yozuv va uning ahamiyati
Download 58.1 Kb.
|
YOZUVLARNING PSIXOLOGIK JIHATDAN XOSLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob :YOZUVLARNING PSIXOLOGIK JIHATDAN XOSLANISHI
MUNDARIJA MAVZU : YOZUVLARNING PSIXOLOGIK JIHATDAN XOSLANISHI KIRISH.I bob : Yozuv va uning ahamiyatiGRAFOLOGIYA YOZUVNING PSIXOLOGIK (VA JISMONIY) FOYDALARI II bob :YOZUVLARNING PSIXOLOGIK JIHATDAN XOSLANISHIHUSNIXAT VA INSON PSIXOLOGIYASI HUSNIXAT USLUBIYATI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI KIRISH XX asr bo`sag`asida psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo`ldilar. Prezident I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi so`zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur” (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo`llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo`llarini izlashga da`vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma`naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug`ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas`uliyatli vazifalarni qo`yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida qaror toptirishga ko`maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikrmulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. 1 Ayniqsa, o`zbek olimlaridan E.G`oziev, M.G.Davletshin, G`.B.SHoumarov, B.R.Qodirov, R.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog`inovlarning ham O`zbekiston umumta`lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma`lum darajada asos bo`lmoqda. Download 58.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling