Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 O„tish davrining asosiy xususiyatlari va


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
17.2. O„tish davrining asosiy xususiyatlari va 
qonuniyatlari 
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‗tishning barcha yo‗llari 
umumlashtirilib, quyidagi to‗rtta asosiy turga bo‗linadi: 
1) rivojlangan mamlakatlar yo‗li; 
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‗li; 
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‗li; 
4) sotsializm g‗oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga 
keltirish mexanizmi bilan qo‗shib olib borish yo‗li. 
Bu yo‗llar turli-tuman va har xil bo‗lishiga qaramay ularda 
umumiylik mavjud. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo‗llarning 
hammasi bozor iqtisodiyotiga o‗tishni maqsad qilib qo‗yadi va mazkur 
iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‗p jihatdan 
umumiy bo‗ladi. Shu bilan birga har bir yo‗lning o‗ziga xos 
xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning 
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‗lishidan kelib 
chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‗tishning rivojlangan 
mamlakatlar yo‗lida oddiy tovar xo‗jaligidan erkin raqobatga asoslangan 
klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor 
iqtisodiyotiga o‗tiladi. 
Jahon tajribasi ko‗rsatishicha bozor iqtisodiyotiga revolyutsion 
yo„l bilan, ya‘ni bosqichma-bosqich o‗tish mumkin. Birinchi holda, tub 
islohotlarni o‗tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy 
munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib 
davolash» usuli («shokovaya terapiya»), deb ataladi. Eski iqtisodiy 
munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga 
aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish 


321 
mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, evolyutsion yo‗l kamroq 
ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. 
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llarigina emas, 
balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor 
iqtisodiyoti 
vujudga 
keltirilayotgan 
va 
amal 
qilib 
turgan 
mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an‘analari bilan farq qiladi. Shu 
bois bozor iqtisodiyotining ma‘lum andozalari ularni amalga oshiruvchi 
muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, 
Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va 
hokazo. 
Ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor 
iqtisodiyotiga o‗tishning zarurligi iqtisodiy o‗sish ekstensiv omillaridan 
foydalanish 
imkoniyatlarining 
tugab 
borishi 
bilan 
notovar 
iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. 
Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining ikkita muhim kamchiligi mavjud:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro‗y berayotgan o‗zgarishlarga 
juda sekinlik bilan moslashib borishi;
2) xo‗jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‗qotib yuborish» 
oqibatida samaradorlikning o‗ta darajada pasayib ketganligi. 
Ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‗tish 
ko‗plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon 
iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, 
mulkchilik munosabatlarida) o‗zgarishlarni o‗z ichiga oladi, biroq bir 
vaqtning o‗zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirilishini taqozo etadi. Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimini o‗zgartirish 
mazkur tizim asosining o‗zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq 
qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi 
o‗zgarishlarni tizimiy islohotlar, deb atash maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
O‗tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy 
yo‗nalishlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 


322 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling