2 Mavzu. Xalqaro qishloq xo’jaligi savdo siyosatining nazariy asoslari Reja


Download 28.74 Kb.
bet1/4
Sana31.10.2023
Hajmi28.74 Kb.
#1735716
  1   2   3   4
Bog'liq
2-MAVZU XQXSS


2 - Mavzu. Xalqaro qishloq xo’jaligi savdo siyosatining nazariy asoslari


Reja:

  1. Xalqaro qishloq xo’jaligi savdosining proteksionistik nazariyasi.

  2. Mutloq ustunlik nazariyasi.

  3. Nisbiy afzallik nazariyasi.

  4. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi.



Tayanch iboralar:
Xalqaro qishloq xo’jaligi savdosi. Proteksionistik nazariya. Mutloq ustunlik nazariyasi. Nisbiy afzallik nazariyasi. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi.



  1. Xalqaro qishloq xo’jaligi savdosining proteksionistik nazariyasi.

Azal-azaldan davlatning kuchi uning boyliklari bilan oʻlchangan. Davlatning iqtisodiy qudrati koʻp jihatdan xalqaro savdoga bogʻliq. Shu bois alohida milliy iqtisod uchun xalqaro savdoda qanday ishtirok etish maʼqul ekani haqida bahslar hali ham davom etmoqda. Xalqaro savdoga bugungi kunda ikki xil qarash bor. Birinchisi xalqaro savdo mutlaqo erkin va cheklovsiz boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Bu yondashuv tarafdorlari davlatlar oʻrtasida mahsulotlar erkin yurishi kerakligini, bunga boj va soliqlar bilan toʻsqinlik qilmaslik kerakligini taʼkidlaydi. Ularning fikricha, bundan erkin savdoda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar manfaatdor boʻladi, chunki erkin savdo iqtisodni jadallashtiradi va yangi ish oʻrinlar yaratadi.
Bu qarashlar mashhur ingliz olimi Adam Smit gʻoyalarga asoslangan. Bahsning ikkinchi tomonda proteksionizm – yaʼni, milliy iqtisod manfaatlarini himoyaviy siyosat bilan ochiq xalqaro savdoning salbiy oqibatlaridan ehtiyot qilish gʻoyasi tarafdorlari turadi. Ularning fikricha, mamlakatdan pul chiqib ketishini imkoni boricha cheklash zarur. Bu fikrni ilk marta ingliz iqtisodchisi Jerard de Malines ilgari surgan. U Angliyaga maʼlum mahsulotlar import qilinishini cheklash tashabbusi bilan chiqqan. Iqtisod qancha kam import qilsa, undan shuncha kam pul tashqariga chiqib ketadi. Har ikki yondashuvning ham oʻziga yarasha kamchiliklari bor. Erkin savdo albatta yaxshi – bugun Yevropa Ittifoqi, Janubiy-Sharqiy Osiyo Davlatlari Birlashmasi (ASEAN), Shimoliy Amerika Erkin Savdo Bitimi (NAFTA) kabi hamkorlik guruhlari erkin savdo orqali katta iqtisodiy naf topmoqdalar. Ammo Erkin savdo rivojlanib kelayotgan iqtisodiyotlar uchun juda xatarli boʻlishi mumkin. Erkin savdoda bozorni chet mahsulotlari egallab olib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar kasodga uchrashi, buning oqibatida ishsizlik va iqtisodiy tushkunlik kelib chiqishi, iqtisod koʻp jihatdan chet el ishlab chiqaruvchilariga tobe boʻlib qolishi mumkin. Bundan tashqari, erkin savdo natijasida bir mamlakatdagi iqtisodiy inqirozlar sherik davlatlarga oʻtib ketish xavfi bor.

Download 28.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling