2 Mavzu. Xalqaro qishloq xo’jaligi savdo siyosatining nazariy asoslari Reja


Download 28.74 Kb.
bet2/4
Sana31.10.2023
Hajmi28.74 Kb.
#1735716
1   2   3   4
Bog'liq
2-MAVZU XQXSS

Proteksionizm oʻz-oʻzicha sof vatanparvar yondashuv – u milliy iqtisod manfaatlarini har narsadan ustun qoʻyishga asoslangan. Bugun erkin savdo tarafdorlari boʻlib jar solayotgan koʻplab rivojlangan davlatlar bir paytlar oʻzlari proteksionist boʻlishgan. Ammo proteksionizm faqat oltin standart amalda boʻlsagina toʻliq ish beradi.
Oltin standart – milliy valyutalar qiymati ularda belgilangan summaga teng oltin zaxirasi bilan kafolatlangan holat. Masalan, 1971-yilgacha har bir AQSH dollari belgilangan miqdorda oltinga alishtirilishi mumkin boʻlgan. Proteksionizm davlatga pul oqimi kirishini taʼminlaydi. Oltin standarti bilan bu holat davlatga oltin va kumush oqib kelishini bildiradi. Ammo bugungi xalqaro savdo valyutasi boʻlgan AQSH dollari oltin bilan kafolatlanmagan. Bundan tashqari, proteksionist iqtisod doimiy yuqori inflyatsiyadan aziyat chekadi. Importni cheklash oʻrniga baʼzi davlatlar qayta eksport qilish (re-exporting) siyosatini qoʻllaydi. Bunda mamlakatga import qilinayotgan mahsulotlarning aksari boshqa davlatlarga yuqoriroq narxda qayta eksport qilinadi. Bunda mahsulot hech qanday qayta ishlovdan oʻtmaydi.
Koʻpincha qayta eksportdan erkin savdo guruhi vakillari foydalanishadi – ular tashqaridan bir mahsulotni past boj bilan sotib olib, savdo hamkorlariga bojsiz sotishadi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun eng maʼqul usul – alohida sohalarni himoya qilishdir. Iqtisodning eng zaif yoki muhim sohalarini tashqi raqobatdan himoya qilish, isteʼmolchilar eʼtiborini milliy mahsulotlarga qaratish lozim. Ammo xalqaro savdoni oʻta qattiq cheklash ham mamlakatning iqtisodiy izolyatsiyasiga sabab boʻladi. Bu esa koʻpincha salbiy oqibatlarga olib keladi.



  1. Mutloq ustunlik nazariyasi.

Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida dastlabki nazariyalardan biri A. Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vakt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini sotadi, hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi.
Masalan, O`zbekiston asosan paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko`proq shunga e`tiborni qaratish lozim. Chunki, O`zbekiston qishloq xo`jaligi, ob-xavosi va qolaversa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yukori xosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o`zi ixtisoslashgan sohaga ko`proq e`tiborni qaratishsagina dunyo bo`yicha ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo`l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat xech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi degan savolni tugdiradi. Agar shunday bo`lsa importni bu mamlakat qaysi mablaglar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga kirib koladi.




  1. Download 28.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling