125
VIII BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO„LA
SHAKLLANISNI. ADAM SMIT VA DAVID RIKARDONING
IQTISODIY TA‟LIMOTLARI
8.1. Adam Smitning iqtisodiy qarashlari
Buyuk ingliz iqtisodchisi
Adam Smitning «Xalqlar boyligining
tabiati va sabablari to„g„risida tadqiqot» asari
zamonaviy
iqtisod
fanining
boshlanishi
hisoblanadi. A.Smit o‗z davridagi iqtisodiy bilim
va konsepsiyalarini umumlashtirdi va tizimlash-
tirdi. U xo‗jalik hayotining
asosiy sohalarini
tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning
Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida
dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitetlarida ta‘lim oldi, bu
yerda
adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani
ham o‗rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o‗qiy
boshladi, 1751-yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi.
Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda
o‗qigan leksiyalari asosida o‗zining etikaning
falsafiy muammolariga
bag‗ishlangan birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764-yili A.Smit hayotida keskin o‗zgarish bo‗ldi: u kafedrani
tark etdi va o‗sha davrda ko‗zga ko‗ringan siyosiy arbob – gersog
Baklning o‗g‗li – yosh lordning xorijga
qiladigan sayohatida unga
hamrohlik qilish to‗g‗risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan
A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko‗rar edi, ya‘ni umrining
oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning
professorlik gonoraridan ancha ko‗p bo‗lgan. Sayohat chog‗ida u
Shvetsariyada Valter, Fransiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo,
D.Alamber va boshqa
atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari
Do'stlaringiz bilan baham: