Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

nomukammal bo„lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g„oyalar 
ichida haqiqatga eng yaqini edi», - deb aytgan. Bu ta‘limotning 
merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi 
ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklovlarini bekor qilishni 
taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi, ayniqsa, 
uni yaratishdagi mehnatning ahamiyati diqqatga sazovor: boylik bu 
jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste‘mol qiymatlari 
yig‗indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan.
Kapital va uning ikki qismga ajratib ko‗rsatilishi (asosiy va 
aylanma), takror ishlab chiqarish jarayonining tahlil qilinishi, erkin 
sohibkorlik to‗g‗risidagi g‗oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi 
iqtisodiy ta‘limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir.
Qishloq 
xo‗jaligini 
rivojlantirish 
uchun 
erkin 
bozor 
munosabatlariga 
o‗tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni 
kamaytirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o‗tish kerakligi to‗g‗risidagi 
fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Chunki sohibkor va tadbirkorlar shaxsiy 
manfaatdorlik bo‗lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga 
intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda fiziokratlar sof bozor 
munosabatlarining unsurlarini asosan to‗g‗ri hal etib berdilar. 
Xalq xo‗jaligi tarmoqlari o‗rtasida muayyan mutanosiblik bo‗lgan 
sharoitda takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining uzluksiz 


123 
davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda 
fiziokratlar 
tomonidan 
mamlakatdagi 
uch 
sektor 
o‗rtasidagi 
munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda ayniqsa, hozirgi davrda 
bunday sektorlar juda ko‗p bo‗lib, ular o‗rtasidagi aloqalar Nobel 
mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish» balansida 
n ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans 
tarmoqlararo balans, deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va 
umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g‗oyaning 
kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo‗lib, u klassik iqtisodiy 
maktab ta‘limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o‗rin 
egallaydi.
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlari nuqtayi 
nazaridan fiziokratizm g‗oyalari o‗z ahamiyatini tezda yo‗qotdi va 
o‗tkinchi xarakterga ega bo‗ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy 
hayotidagi o‗zgarishlar nisbatan mukammal g‗oyalarning ishlab 
chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro‗y berdi. Ayniqsa, 
boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‗lab tushuntiruvchi fiziokratizm 
g‗oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o‗zgarishlar tufayli tez 
unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning 
so‗nishini eslatadi.
Fiziokratlar Kenening iqtisodiy jadvalini o‗zlarining nazariy 
yutuqlarining gultoji, deb hisoblashadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlari 
o‗rtasidagi pul daromadlari tasviri va sof mahsulotning yillik aylanmasi 
yaqqol tasvirlangan Kene jadvali iqtisodiyot rivojida yirik metodologik 
olg‗a siljish sifatida tan olinadi. Fiziokratlar iqtisodiyotning turli 
tarmoqlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni nazariy jihatdan o‗rganish bilan 
chegaralanmay, ularning o‗lchami miqdorini aniqlashga harakat 
qilishgan.
Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli sektorlaridagi o‗zaro 
bog‗liqlikni ko‗rsatib bergan. Keyingi merkantilistlarning ba‘zilari bu 
bog‗liqliklarni o‗rganib chiqdi va ularning ta‘siridagi umumlashma 
Adam Smit izlanishlariga asos bo‗ldi va bozor iqtisodiyoti to‗g‗risidagi 
tasavvurlarni to‗ldirdi.


124 
Fiziokratlar nazarida hukumatning ko‗plab qarorlaridan eng omadsiz 
qarori Fransuz g‗alla eksportiga qo‗yilgan taqiq edi. Ularning fikricha bu 
qaror Fransiyada g‗alla narxini past darajada ushlab turdi va shuning 
uchun 
qishloq 
xo‗jaligi 
rivojiga 
to‗siq 
bo‗ldi. 
Fiziokratlar 
manufakturaning rivojlanishini taxmin qila olishmaganligi sababli 
hukumatning aralashmaslik siyosati Fransiya qishloq xo‗jaligida feodal 
iqtisodiyotning kichik xo‗jaliklari yiriklashib, bamisoli rivojlanishga 
olib keladi, degan xulosaga kelishgan. Shu sababli Fransiya iqtisodining 
boyligi va qudrati o‗sadi. Merkantilistlar sof mahsulot ayirboshlash
xususan ayirboshlashning xalqaro shakllari natijasida yuzaga keladi, 
shuning uchun siyosat qulay savdo balansini ta‘minlashga yo‗naltirilgan 
bo‗lishi kerak, deb ta‘kidlashadi.
14

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling