Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

d) sinflar va daromadlar 
A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko‗rsatiladi: yer 
egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar


137 
– yer egalari qo‗lida asosiy ishlab chiqarish vositasi yer bo‗ladi. 
Ular ijaraga bergan yeri uchun ijara to‗lovlari sifatida ushbu yerdan 
olingan daromadning bir qismini renta ko‗rinishida oladi; 
– tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir-turiga 
(imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xomashyo zaxiralariga) 
egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko‗rinishida foyda oladi; 
– yollanma ishchilar – eng ko‗p kambag‗al sinf hisoblanadi, ular 
mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko‗rinishida ish haqi 
oladi. 
A.Smit bo‗yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va 
qatlamlarni ham o‗z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi 
hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlarning daromadlari esa – 
ikkilamchi, ya‘ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi. 
A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko‗rib 
chiqdi. 
Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit 
bo‗yicha mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevosita bog‗liq. 
A.Smitning ish haqi nazariyasining e‘tiborga molik joyi shundan 
iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda 
mehnatga haq to‗lash miqdori yashash minimumi darajasigacha 
pasayadi, deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga, A.Smit 
mehnatga bo‗lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida ish haqini oshirish 
tarafdori bo‗lgan. Uningcha past ish haqidan ko‗ra yuqori ish haqi amal 
qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, 
ishga jalb etish mumkin bo‗ladi. 
Foyda nazariyasi. A.Smit bo‗yicha tovar qiymatining bir qismi ish 
haqi sifatida ishchiga tegadi, qo‗shimcha mehnat bilan yaratilgan 
qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko‗rinishida uning 
foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi 
uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga 
to‗lanadigan haq, deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik 
daromadining adolatli ekanligini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda 
miqdori, A.Smit bo‗yicha ―kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning 


138 
ko‗p yoki kam bo‗lishi ushbu kapital miqdoriga bog‗liq bo‗ladi‖. Foyda 
me‘yorining pasayish moyilligi qayd qilib o‗tiladi, bunday moyillik 
iqtisodiy rivojlanish bilan bog‗lab tushuntiriladi, chunki ancha 
rivojlangan mamlakatlarda foyda me‘yori hamisha past bo‗ladi. 
U foyda miqdoriga 3 ta omil ta‘sir ko‗rsatishi mumkin, deb taxmin 
qiladi: 
1. Mehnat bozorlaridagi raqobat. Buning natijasida maoshlar 
ko‗tariladi. 
2. Mahsulot bozori o‗rtasidagi raqobat. Ishlab chiqaruvchilar 
o‗rtasida raqobat ortadi, mahsulot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi. 
3. Investitsiya bozorlarida raqobat, investitsiya imkoniyatlari soni 
cheklangan, kapital miqdori oshganda foyda kamayadi. 
U ba‘zi hududlar (masalan, Shimoliy Amerika)da maosh va foyda 
har ikkisi yuqori darajada oshganini ham e‘tirof etib o‗tadi. 
Renta nazariyasi. A.Smit nazariyasiga ko‗ra renta ishchining haq 
to‗lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir 
qismi hisoblanadi. U rentada yerga bo‗lgan xususiy mulkchilik 
monopoliyasi unsurlarini ko‗rgan, lekin absolyut va differensial renta 
tushunchalarini ajratib ko‗rsatib bermagan. Yer uchastkalari ham 
unumdorligi, ham joylashishi bo‗yicha farq qilishi, bu farqlarning 
ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab 
bo‗lishi mumkinligini qayd qilib o‗tgan.
Smit rentaning eng kamida 4 ta nazariyasini taklif etadi. Rentaning 
kelib chiqishi: 
1) 
yer egalari tomonidan talab; 
2) 
monopoliya; 
3) 
turli xil afzalliklari; 
4) 
tabiat saxiyligi bilan belgilanadi. 
Nominal narx. Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina 
mahsulot narxlari kabi belgilanadi, deb izohlagan bo‗lsa ham u talabning 
rolini butunlay rad etmagan. U bozordagi narx talab va taklifning har 
ikkisi tomonidan belgilanadi, deb ishongan. U ba‘zida tabiiy narxlar 
ham aynan talab va taklifga bog‗liqligini ta‘kidlagan. Shuningdek, u 


139 
iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va tabiiy narxlar 
tuzilmasida talabning o‗rni haqida qayd etib o‗tgan. Nominal narxni 
belgilashda ba‘zi faktorlar chalg‗ituvchi bo‗lgani sabab Smit 3 ta alohida 
nazariyani ishlab chiqdi: 1) mehnat qiymati; 2) mehnat buyrug‗i 
nazariyasi va mahsulot narxi nazariyalari. Smitning fikricha narxlar 
talab va taklif bilan bog‗liq holda shakllanadi. 
Taqsimot nazariyasi. Daromadning shaxsiy taqsimoti alohida 
sotilgan mahsulot miqdori va narxiga bog‗liq bo‗ladi. Mehnat ko‗pchilik 
oila va ro‗zg‗or tomonidan egalik qilinadigan mahsulot omilidir, 
shuning uchun daromad maosh darajasi va ish vaqtiga bog‗liq bo‗lgan 
holda shakllanadi, deydi.
Smitning iqtisodiy nazariyaga qo‗shgan ulkan hissasi nihoyatda 
ulkan. Boshqa o‗sha davrdagi mutafakkirlarga qaraganda Smit bozor 
iqtisodiyotini boshqarishning asosiy g‗oya va kuchlarini ko‗ra oldi. 
Biroq uning ishlari xatolardan xoli emas. U bazi jabhalarda, ya‘ni 
narxlarning umumiy darajasi, nisbiy narxlarda chalkashliklarga yo‗l 
qo‗ydi. Biroq uning g‗oyalari iqtisodiy siyosat va bozor o‗rtasidagi 
munosabatlarga aniqlik kiritdi, tartibga soldi. 
Umuman olganda raqobatbardosh bozorlar faoliyati ustida 
tadqiqotlar olib borgan holda iqtisodiy nazariyaga sezilarli darajada o‗z 
hissasini qo‗shgan Rikardo, J.S.Mill va Alfred Marshall kabi 
nazariyotchilar Adam Smitning tahlillarini o‗rganishgan. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling