155
Uchinchidan, iqtisodiy g‗oyalarning texnik tarkibiga e‘tibor
bermasdan kelayotgan bir qator gumanitar va jamiyatshunos yozuvchilar
Rikardoning
iqtisodiy
ta‘limotlarini
o‗zida
aks ettirgan va
rivojlanayotgan kapitalistik iqtisodiy ta‘limotlarni tanqid qilishdi.
Bir qator iqtisodiy ta‘limotlar va hodisalar D.Rikardo
ta‘limotlarining tanqidi natijasida vujudga keldi. Sey qonuni, D.Rikardo
va Djems Milllar tomonidan ilgari surilgan nazariya, ya‘ni
iqtisodiyot
avtomatik ravishda to‗liq bandlikni ta‘minlashi, talab va taklif asosida
o‗zini o‗zi
tartibga solishi, ba‘zi ortodaksal iqtisodchilar jumladan,
K.Marks tomonidan rad qilindi. Bundan tashqari Fransiya, Shvetsariya,
Germaniya va Angliya sotsial adabiyoti
namoyondalari tomonidan
klassik ta‘limot, ya‘ni iqtisodiy kelishuv kapitalistik iqtisodiyotning
to‗siqlardan xoli bo‗lishi orqali eng yaxshi natijalarga erishishiga shubha
bildiriladi. XIX asrdagi bu ta‘limotning
eng kulminatsiasi Marksning
―Kapital‖i edi.
20
J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchilaridan biri sifatida
iqtisodiy ta‘limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo‗shdi. Biz
uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini quyida ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: