Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Unumli mehnat nazariyasi. J.S.Millning bu nazariyasi o‗z
mohiyatiga ko‗ra A.Smit nazariyasi bilan hamohang. J.S.Millning ta‘kidlashicha faqat unumli mehnat (natijasi ko‗rinib turadigan mehnat) “boylik” ya‟ni “moddiy ne‟matlar”ni yaratadi. Uning nazariyasidagi yangilik shundan iboratki, mulkni muhofaza qiluvchi mehnatni va jamg‗armalarni ko‗paytirishga imkon beruvchi malakaga ega bo‗lish uchun sarflanadigan mehnatni ham unumli, deb hisoblaydi. J.S.Millning tasdiqlashicha agar bu iste‘mol ―jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini qo‗llab-quvvatlasa va ko‗paytirsa‖, unumli mehnatdan keladigan daromadlar unumli iste‘mol hisoblanadi. Uningcha unumsiz mehnatdan keladigan har qanday daromad bu faqat unumli mehnat bilan yaratilgan daromadning oddiy qayta taqsimlanishidir. Agar u ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan vositalar 20 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 171-172-b. 156 minimumini ta‘minlasa hatto ish haqi iste‘moli unumli hisoblanadi, uning ―zeb-ziynat‖ keltiradigan qismi esa unumsiz hisoblanadi. J.S.Mill qiymat, almashuv qiymat, iste‘mol qiymat tushunchalarini ko‗rib chiqadi. Uningcha, qiymat ishlab chiqarish sohasiga emas, balki muomala sohasiga xos hodisa hisoblanadi va bir tovarni boshqa tovarga, shu jumladan, pulga ayirboshlash uchun xarakterli bo‗lgan o‗rtadagi nisbat hisoblanadi; bunday nisbat bozorda o‗rnatiladi. Qiymat (qimmat) nisbiy tushuncha bo‗lganligi sababli u barcha tovarlar bo‗yicha birdaniga oshishi mumkin emas. Almashuv qiymat (tovar bahosi) talab va taklif muvozanatlashgan nuqtada, ya‘ni talab va taklifga qarab o‗rnatiladi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklifni aniqlab beruvchi omil sifatida tavsiflanadi. Tovar qiymatning puldagi ifodasi, uning bahosi hisoblanadi. Baho bevosita raqobat asosida o‗rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda bozor bahosi talab va taklif darajasiga qarab o‗rnatiladi. Aksincha, «monopolist o‗z ixtiyoricha xohlagan yuqori bahoni o‗rnatishi mumkin, faqat u xaridor sotib olishi yoki xohishi mumkin bo‗lgan bahodan yuqori bo‗lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo‗li bilan erishishi mumkin». Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish xarajatlaridan past bo‗lishi mumkin emas, negaki hech kim o‗z zarariga ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o‗rtasidagi barqaror muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga faqat ularning ishlab chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayirboshlangandagina o‗rnatiladi». Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling