Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.21 Mb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1573444
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zuhriddin Bia 75


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” kafedrasi
IQTISODIYOY MAZARIYASI’’ fanidan
KURS ISHI
MAVZU: ______________________________________________________

Bajardi:
Talaba ______________________
Qabul qildi ___________________


Ro’yxatga olish № ___________

___” ____________2023y. ______



________________________________________________________________


Tavsiya etildi(Tavsiya etilmaydi)
_____” ___________ 2023y.
Imzo:___________


Baxo: ________ ball
Komissiya a’zolari
__________________ ________
__________________ ________
__________________ ________

Toshkent- 2023



MAVZU:Bozor, uning iqtisodiy munosabatlaridagi o’rni va ahamiyati
Kirish:

  1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilar,mohiyati va uning vujudga kelishi

  2. Bozor iqtisodiyotining vazifalari va tuzilishi

  3. Bozor infratuzilmasi va uning tarkibi

  4. Bozor iqtisodiyotining hozirgi kundagi o’rni

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatda asoslangan iqtisodiyot bo'lib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda bozor mexanizmidan foydalanish bilan belgilanadi.


Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan bo’lib, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdini yuritishga xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot ko'rinishlari mavjud.
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo'lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li bilan mustahkamlangan normalar majmui.
Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari o'zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar yordamida tashkil qilinadi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling