Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilar,mohiyati va uning vujudga kelishi


Download 1.21 Mb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1573444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zuhriddin Bia 75

1.Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilar,mohiyati va uning vujudga kelishi.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali taʼsir kursatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mexnat va tashabbuskorlikni cheklashga olib kelmasligi kerak.
Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari
bor:
1. Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari xam mavjud buladi. Ishlab chiqarish bozor talabini xisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol o’ynaydi. Nomaʼlumlik kamayadi.
3. Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari
qullaniladi.
4. Iqtisodiyot subyektlari o’rtasida uzoq davrga muljallangan doimiy aloqalar, o’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi.
5. Davlat iqtisodiy xayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda
qatnashishi tufayli chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa xam undan tezda chiqib ketish chora-tadbirlari belgilanadi.
6. Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy buladi, shuning uchun tadbirkorlar faqat boy bulish uchun emas, balki obro’-eʼtibor qozonish, hurmatga sazovor bo’lish uchun ham harakat qiladilar.
7. Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy farovonlikni taʼminlashga qaratilgan bo’ladi.
8. Odamlarning iqtisodiy tabaqalaniish cheklanadi. Jamiyatda uziga To’q o’rta hol axoli asosiy qatlamni tashkil qiladi.
Sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solishfaqat bozorning salbiy oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, avvalo, o’zini- o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni tartibga solishga taʼsir ko’rsatadi.
Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-maʼmuriy va nihoyat,ijtimoiy-pxisologik usullar qo’llaniladi. Faqat, iqtisodchi V.Leontyev ko’rsatganidek, eng muhimi bozorni O’zini-o’zi boshqarish bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal
darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga ideal darajada javob
beradigan davlat yuk.Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning haddan tashqari aralashuvi bozor iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi
Bozor iqtisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar:
1. Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bulish yoki bulmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqei, yaʼni sotsial maqomi yuzaga keladi. Barcha mulk shakllari tengligini taʼminlash asosida mulk
monopoliyasi (yakka xokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari
cheklanmagan holda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik
yuritish usullari xam turli-tuman bulib, bu o’z navbatida birinchidan, har
bir insonning tabiat inʼom etgan akl zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarini mavjudligi va ularning tengligini iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilkning turli- tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi.
Bularsiz jamiyat taraqqiyotiga erishib bo’lmaydi.
2. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligini asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk obyekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir. Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xohlagan iqtisodiy
faoliyati bilan shugullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng huquqligi qonuniy ravishda taʼminlangan.
3. Bozor iqtisodiyoti yakka hokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm - korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror soxada tanxo hukmronlik qilishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanxo xukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va hokazo. Shuning uchun xam bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega.
4. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan xolda ularni samarali ishlatishga undaydi. Raqobat kurashida golib chiqish uchun axoli talabiga mos tovarlar ishlab chiqarishga, talabning uzgarishiga tez moslashish zarur. Natijada raqobat kurashi iqtisodiyotni olga qarab rivojlanishiga olib keladi. Bu monopoliya mavjud bulgan taqdirda ham o’z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi. Chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Antimonopol kuchlar vujudga keltirilib, bozor iqtisodiyotining hamma subyektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi. Ana shu imkoniyatdan qay darajada foydalanish ishbilarmonlikka bog’lik.
5. Bozor iqtisodiyotida narxlar erkin, talab va taklif nisbati asosida shakllanadi. Narx sotuvchi bilan xaridorning savdolashib kelishishi tufayli belgilanadi. Bunda sotuvchi sarflagan xarajatlarini koplab, foyda ko’rishni nazarda tutsa, xaridor eng yuqori naf ko’rishini o’ylaydi. Pul iqtisodiy aloqalarning asosiy vositasi xisoblanadi.
Liberallashgan narxlar sotuvchini xam, xaridorni ham hamisha narxni xisobga olgan xolda, foyda-zararni nazarda tutgan holda faoliyat yuritishga olib keladi.
6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmiga bo’ysunadi.Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish xaridorning talab va ehtiyojiga qarab moslashishga majbur. Agarda moslashmasa, yaʼni talabga loyiq mahsulot ishlab chiqarmasa, xizmat ko’rsatmasa, u zarar ko’rishi, xatto bor budidan ajralib qolishi mumkin. Bundan kelib chiqib tovar va xizmatlar to’kinligiga erishiladi, Tovarlar to’kinligini taʼminlashda narxlarning erkinligi muhim rol o’ynaydi.
7. Bozor iqtisodiyoti faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarishda ham uziga xos xususiyatlarga ega. Unda uz-uzini boshqarish bilan davlat taʼsirini o’tkazishi ko’rishib ketadi.Bozor iqtisodiyoti har qanday iqtisodiyot kabi iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida rivojlanadi. Bu qonunlar bir tomondan, umumiqtisodiy qonunlardan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan bozor iqtisodiyotining o’ziga xos qonunlaridan iborat. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat yuritishning, uni tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bulib, avvalo u tovar-pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar bozor orqali bog’lanadi, ularning hamkorligi ham bozor orqali taʼminlanadi. Bozor iqtisodiyoti xar bir insonni uz faoliyatining natijasini o’ylab, xisob-kitob qilib, oqilona ish yuritishga undaydi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga qiskacha taʼrif bermoqchi bo’lsak, uni quyidagicha ifodalash mumkin: Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlari, iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan, xar bir insonni o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotining moxiyati va belgilarini umumiy tarzda ko’rib chiqdik. Kelgusi boblarda yanada batafsilroq ko’ramiz. Bu bizga bozor
iqtisodiyotini yanada chuqurroй o’rganishga yordam beradi. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga, aloqalariga asoslanar ekan, uning obyekti xamda subyektlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining obyektlari - bu munosabatlar, aloqalar nimaga nisbatan yuz berishini ifodalasa, subyektlari ana shu munosabatlar,
aloqalar kimlar urtasida bulishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyotining obyekti tovar xamda puldir. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir.
Shuning uchun xam bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar bulib, uning tarixiy va mantiqiy utmishdoshi umumiy tarzda “neʼmat” deb ataladi. Neʼmatlar nixoyatda xilma-xil.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling