Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Bozor iqtisodiyotining hozirgi kundagi o’rni


Download 1.21 Mb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1573444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zuhriddin Bia 75

4.Bozor iqtisodiyotining hozirgi kundagi o’rni
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish prinsipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi
Xalq xo‘jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirralari shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A. Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko‘rsatiladi .
Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish.
Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
To‘rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo‘jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to‘liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo‘yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi. Lekin bundan respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga to‘liq erishildi va bu sohada qo‘yilgan vazifalar to‘liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish har bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo‘yadi. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir» . Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
·Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
·Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
·Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling