Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. Iqtisodiy taraqqiyot J.S.Mill ta‘limoti 
bo‗yicha fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan 
bog‗liq. Ishlab chiqarish va jamg‗arish ko‗payadi, soliqlar ancha 
erkinlashadi, ko‗pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya 
takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning 
o‗sishiga, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning 
pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xomashyo qiymatidan tashqari). 
J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o‗xshab 
ketadi. Foyda me‘yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga 
intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg‗arishga va jamg‗arilgan 
vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me‘yorining 
minimum darajasiga bo‗lgan intilishni chetga kapital chiqarish va 
eksportni ko‗paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda 
me‘yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib 
ketadi; bu yerda kapital yo‗qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil 
etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. 


161 
Kapitalning bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz 
me‘yorini oshirib, jamg‗armaga bo‗lgan yangi intilishni keltirib 
chiqaradi. U shuningdek, foyda me‘yorining pasayish moyilligi davlat 
xarajatlarini oshirishga qarshi bo‗lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb 
hisoblaydi. 
Ko‗rilayotgan kapital harakatining oxirgi natijasi bu iqtisodiy 
yuksalish uchun kurash to‗xtagan paytdagi turg‗unlik holati hisoblanadi. 
Ammo J.S.Mill agar turg‗unlik holati ishlab chiqarishning yuqori 
darajasida yuzaga kelgan bo‗lsa, unga ijobiy munosabatda bo‗lgan 
«Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko‗paytirish 
eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda 
taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga 
ko‗ra hech kim kambag‗al bo‗lmagan, hech kim boylikka intilmagan va 
birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalarning 
orqaga surib tashlanishi xavfi bo‗lmagan vaziyatdagi jamiyat odamlar 
uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg‗unlik 
davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish, ma‘naviy va 
ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar cheklanmagan bo‗ladi. 
Odam o‗zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini 
adolatsizlik, deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi 
chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin 
uning ko‗pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e‘tirozga javob 
shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur 
bo‗lgan sharoitlarning biri hisoblanadi xolos. Ishni materiallarsiz, asbob-
uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta‘minlash 
uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz bajarib 
bo‗lmaydi. Bu narsalarning hammasi o‗tgan mehnat mahsuli 
hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‗lganda, ularda 
mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‗lishishga zarurat bo‗lmas edi. 
Ammo ishchilarda bu narsalar bo‗lmaganligi uchun ular ekvivalentning 
bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga 
egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk 


162 
doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli 
hisoblanmaydi). 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling