Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unumli mehnat
- A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon
Tayanch tushunchalar
“Nufus qonuni‖ - aholining ko‗payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlarning qo‗llanilishi. “Sey qonuni”- har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo‗lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo‗ladi. Unumli mehnat - natijasi ko‗rinib turadigan mehnat. Muhokama uchun savollar 1. ―Qiyosiy ustunlik‖ nazariyasining mohiyati nima? 2. ―Sey qonuni‖ning mohiyati va asosiy qoidalari nimada? 3. Ishlab chiqarishning uch omilli nazariyasidagi asosiy qoidalarni ko‗rsatib bering. 4. J.B.Seyning qiymat nazariyasi qiymatning mehnat nazariyasidan nima bilan farq qiladi? 5. T.Maltusning ―Nufus qonuni‖da qanday g‗oyalar ilgari suriladi? 6. J.S. Mill ishlab chiqarish va taqsimot qonunlarini qanday tavsiflaydi? 7. J.S. Millning ―Siyosiy iqtisod asoslari ...‖da ko‗zda tutilgan asosiy maqsad nima? 8. J.S. Millda ―unumli mehnat‖, ―qiymat‖ kategoriyalari qanday talqin qilinadi? 9. Pul, kredit va savdo inqirozlarining o‗zaro bog‗liqligi nimada? 10. J.S. Mill qanday islohotlarni ilgari surgan? 181 X BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF- SOTSIALISTIK YO„NALISH MOHIYATI VA UNING TARIXIY TADBIRI 10.1. A. Sen-Simon, SH. Fure va R. Ouen iqtisodiy qarashlari Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yanada tez rivojlandi. Fransuz mutafakkiri Sen-Simon jamiyat oldida doimiy ravishda ko‗ndalang bo‗lib qolgan yangi muammolarga birinchi bo‗lib javob berishga urindi. A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825- yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo‗lib, 1789-1794- yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan bo‗lib, Sanoat sistemasi haqida‖, ―Inson haqidagi fan ocherklari‖, ―Sanoat yoki siyosiy, ma‘naviy va falsafiy mulohazalar‖, ―Yangi xristianlik‖ va boshqa shu kabi mashhur asarlar muallifi hisoblanadi. Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirmadi, balki asosiy e‘tiborni ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat to‗g‗risidagi umidini aql-idrokka, ma‘rifatga bog‗ladi; u insonning aql- idrokini tarixiy jarayonning to‗la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo‗llarini tashviqot qilishni esa o‗z ta‘limoti amalga oshirilishining bosh vositasi, deb hisobladi. Fransuz ma‘rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy faktorlarga katta baho berdi. U ―Ilk davr‖, ―Qulchilik‖, ―O‗rta asrlar‖, ―Hozirgi davr‖ va ―Oltin asr‖larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni ko‗rsatib o‗tdi. ―Hozirgi davr‖ (ya‘ni XIX asrning ikkinchi yarmi) o‗tish davri, deb belgilanib, ―...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar 182 shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o‗z navbatida ―Oltin asr‖ga kirib kelishni ta‘minlaydi.‖ Sen-Simon o‗zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davrni o‗rganib borish uchun o‗tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib, ―har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto noto‗g‗ri qisqacha xulosalarlarni beradi, so‗nib borayotgan o‗tmish qoldiqlari tug‗ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi‖, deb ko‗rsatadi. Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g‗oyalar ravnaqi tashkil etardi. Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham yo‗q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo‗lganligini, iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe bo‗lgan, o‗ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalarni vujudga keltirishini aytib o‗tadi .Sen-Simonning bo‗lajak adolatli jamiyati industrial sistema, deb nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, sanoat -alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi, deb hisoblagan edi. Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo‗lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg‗ul bo‗ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarur. Sen- Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda ayniqsa sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo‗l qo‗yilmasligiga va reja asosidagi markaziy boshqaruvga katta e‘tibor berishni taklif etadi. Sen-Simon qarashlariga ko‗ra erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‗tish davridagina emas, balki inqilobiy harakatlardan xoli minch va tez sur‘atlarda ijtimoiy tenglikka asoslangan ―industrial jamiyat‖ga o‗tish davri hamdir. 183 Adolatli ―industrial jamiyat‖ qurilishi haqidagi o‗zining mulohazalarida u ilmu-fan va ilg‗or nazariyalarga yuqori baho berib, bo‗lg‗usi yangiliklarni tarixiy muqarrar, deb hisoblaydi. Shu bilan bir qatorda Sen-Simon o‗zining ―industrial jamiyat‖ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarning yo‗qolib ketishi va hokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e‘tibor berilishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon sotsializmda xususiy mulkchilik bo‗lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko‗rsatib o‗tadi. Shuningdek, olim o‗z qarashlarida anarxiyaga insonlarga ziyon yetkazuvchi boshqaruv, deb qarab uni tanqid qiladi. U mavjud o‗zgarishlar tezlik bilan rivojlanib, davlatning to‗liq kamolotini ta‘minlaydi, insonlar esa erishishlari mumkin bo‗lgan tenglik va ayniqsa, mo‗l-ko‗lchilikka faqat shu ―industrial jamiyat‖ yordamida yetib boradilar, deydi. Garchi Sen-Simon yangi ijtimoiy tuzumning haddan tashqari mujmal manzarasini tasvirlagan, shu jamiyatga borishning noto‗g‗ri yo‗lini ko‗rsatgan bo‗lsa ham uning ba‘zi taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u ishchilar ahvolining naqadar og‗irligini ko‗rdi. ―Mening maqsadim,-deb yozgan edi u, -Yevropadagina emas, butun dunyoda ham shu sinfning qismatini yengillashtirishdan iborat‖. U davlatni ―odamlarni boshqarish quroli‖dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san‘at taraqqiyotini ta‘minlash, ya‘ni ―narsalarni boshqarish quroli‖ga aylantirish, tartib, osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak, degan g‗oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial sistemasi sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital jamg‗arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi. Bu esa o‗z navbatida, umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab chiqarishni inkor etadi. Sen-Simon asarlarining asosi kapitalizmni tanqid 184 qilishdan iborat. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvolda ekanligini kapitalizmning illati, deb hisoblaydi. Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari, deb ularni industriallar, deb atadi. Feodal jamiyatining hokim sinflari bo‗lgan dvoryanlar, ruhoniylar va boshqa amaldorlarni esa befoyda, keraksiz sinflar, deb hisobladi. Shuni aytish kerakki, Sen-Simon kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati bo‗ysunishi zarur bo‗lgan iqtisodiy qonunlarni e‘tibordan chetda qoldirdi.Sen-Simon ta‘limotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari O.Rodrig, V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol o‗ynadilar. Ular «Sen- Simon ta‘limoti» kitobini nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjua jamiyatining asosiy sinflari va ular o‗rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to‗liq tushunmadilar, natijada XIX asrning 30-yillariga kelib, Sen-Simon maktabi tor doiraga aylandi va tarqalib ketdi. Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling