Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Fransua Mari Sharl Furedir (1772-1837-yy.). U Bezanson shahrida 
savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan 
shug‗ullandi. Bo‗sh vaqtlarida o‗z ma‘lumotini to‗ldirib, mustaqil 
ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug‗ullandi, 
ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirdi.
Sharl Fure o‗zining ―To‗g‗ri harakat va mushtarak taqdirlar 
nazariyasi‖, ―Umumiy birlik nazariyasi‖, ―Savdo qallobligi haqida‖, 
―Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo‖ nomli asarlari va qator 
maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy 
adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, 
inson o‗zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan 
tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‗rnatish kerakki, bu tuzum 
insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to‗liq namoyon qilishiga, 


185 
ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. F.M.Sh.Fure kishilik 
jamiyatining tarixiy rivojlanishini o‗rganishga katta hissasi qo‗shdi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi 
Robert Ouenning (1771-1858-yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan 
bog‗liq.
R.Ouenning ―Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni 
shakllantirish haqida tajribalar‖, ―Yangi axloqiy dunyo kitobi‖, 
―Adolatli almashuv bozori‖, ―Ulug‗ milliy hunar ittifoqi‖ asarlarida 
uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni 
tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni 
umum mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‗qoladigan, mehnat jafo-
zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish 
fikriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta to‗siq bor, deydi u. 
Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim 
kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar 
kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo‗l bilan yoki tinch yo‗l bilan 
quriladi va unga tinch yo‗l bilan o‗tiladi, deb ishondi.
R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy 
sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. 
U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar 
mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag‗batlantirishni 
tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan 
edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan 
iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy 
sotsialistlaridan farq qilib, o‗z nazariyalarini yaratishda Rikardoning 
qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin 
qiymatning asosiy manbayi, deb mehnatni hisobladi.
Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan apital o‗rtasidagi 
qarama-qarshiliklar sababchisi, deb pul hisoblandi. R.Ouen qiymatning 
sun‘iy o‗lchovi bo‗lmish puldan voz kechib, mehnat xarajatlarining 
ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U 


186 
kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib, ―ishlab chiqarish 
uyushmalarini‖ tashkil etishga harakat qildi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling