Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Robert Ouenning
Fransua Mari Sharl Furedir (1772-1837-yy.). U Bezanson shahrida
savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan shug‗ullandi. Bo‗sh vaqtlarida o‗z ma‘lumotini to‗ldirib, mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug‗ullandi, ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Sharl Fure o‗zining ―To‗g‗ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi‖, ―Umumiy birlik nazariyasi‖, ―Savdo qallobligi haqida‖, ―Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo‖ nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o‗zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‗rnatish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to‗liq namoyon qilishiga, 185 ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. F.M.Sh.Fure kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o‗rganishga katta hissasi qo‗shdi. Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858-yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‗liq. R.Ouenning ―Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish haqida tajribalar‖, ―Yangi axloqiy dunyo kitobi‖, ―Adolatli almashuv bozori‖, ―Ulug‗ milliy hunar ittifoqi‖ asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umum mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‗qoladigan, mehnat jafo- zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta to‗siq bor, deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo‗l bilan yoki tinch yo‗l bilan quriladi va unga tinch yo‗l bilan o‗tiladi, deb ishondi. R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag‗batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‗z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbayi, deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan apital o‗rtasidagi qarama-qarshiliklar sababchisi, deb pul hisoblandi. R.Ouen qiymatning sun‘iy o‗lchovi bo‗lmish puldan voz kechib, mehnat xarajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U 186 kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib, ―ishlab chiqarish uyushmalarini‖ tashkil etishga harakat qildi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling