Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
10.3. Marksning qiymat nazariyasi
Marks ta‘limotiga binoan har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o„lchanadi. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo‗ladi. Lekin qiymat o‗zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o‗lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan qiymat miqdori, deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak bo‗lgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori 188 bilangina, ya‘ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir ayrim tovar o‗z jinsidan bo‗lgan tovarlarning faqat o‗rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga ega». Ijtimoiy zarur ish vaqti me‘yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o„rtacha bo„lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar o‗zining qiymati bo‗yicha ayirboshlanadi (ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo‗yicha). K.Marksning tasdiqlashicha har qanday jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo‗lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, ayni jamiyatda o‗rtacha mehnat sarflari bilan o‗lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlarni taqqoslashning yagona o‗lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o‗lchov bo‗la olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi. K.Marksning qiymat nazariyasi D.Rikardoning qiymat nazariyasidan farqlanishiga e‘tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning nisbiy qiymati to‗g‗risida so‗z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv xususiyatdir. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling