Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Qo„shimcha qiymat nazariyasi. Qiymatni aniqlab va qiymat 
qonunini ta‘riflab bergach K.Marks qo‗shimcha qiymatni tahlil qilishga 
o‗tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda 
asosiy savol tug‗iladi: agar «ekvivalentli ayirboshlash» tamoyili 
bo‗yicha barcha mahsulotlar o‗z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda 
qo‗shimcha qiymat qanday hosil bo‗ladi? Marks ta‘limoti bo‗yicha u 
quyidagicha ishlab chiqariladi. 
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma‘lum bosqichida pul 
kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul-


189 
tovar), ya‘ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. 
Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya‘ni sotish uchun tovarni sotib 
olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o‗rtasida har xil foydalilik ayirbosh 
qilinadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi. 
Demak, P‘>P bo‗lishi kerak. Bu o‗sish qayerdan keladi (Marks uni 
«qo„shimcha qiymat» deb ataydi)? Qo‗shimcha qiymat tovarlar 
muomalasida 
paydo 
bo‗lmaydi, 
chunki 
tovar 
ekvivalentli 
ayirboshlanadi, qo‗shimcha qiymat bahoning ustiga qo‗shib sotishdan 
ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‗lganda xaridor va 
sotuvchilarning o‗zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‗lar 
edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o‗rtacha, 
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‗shimcha qiymat olish uchun «pul egasi 
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‗I kerakki, bu tovar 
iste‘mol qiymatining o‗zi qiymat manbayi bo‗lishdek orginal bir 
xususiyatga ega bo‗lsin», u shunday tovar bo‗lishi kerakki, bu tovarni 
iste‘mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham 
bo‗lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste‘mol 
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini 
uning o‗z qiymati bo‗yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati 
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan tirikchilik 
vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‗z ishchi kuchi qiymatidan 
ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun 
bo‗yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi 
bo‗yicha «zarur ish vaqtida») o‗z qiymatiga teng qiymat yaratadi, 
keyingi 5 soat mobaynida («qo„shimcha ish vaqtida») esa qo‗shimcha 
mahsulot yoki qo‗shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‗shimcha 
qiymatni haq to‗lamasdan o‗zlashtirib oladi. K.Marks bo‗yicha, 
kapitalist tomonidan qo‗shimcha qiymatning o‗zlashtirib olinishi 
mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o‗zi ishlab chiqqan 
«formula» yordamida ushbu ekspluatatsiya darajasini, ya‘ni 
ekspluatatsiya me‘yorini ko‗rsatib berdi. Qo‗shimcha qiymatning ishchi 


190 
kuchi qiymatiga – o‗zgaruvchi kapitalga bo‗lgan nisbatini (mashinalar 
va xomashyoda ifodalangan doimiy kapital esa o‗z qiymatini faqat yangi 
mahsulotga o‗tkazishi mumkin, lekin qo‗shimcha qiymat yaratmaydi) u 
qo„shimcha qiymat me‟yori, deb atadi. Uning yozishicha, «qo‗shimcha 
qiymat me‘yori ishchi kuchining kapital tomonidan, yoki ishchining 
kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq ifodasidir». 
Qo‗shimcha qiymat me‘yori yangidan yaratilgan qiymatning kapitalist 
bilan yollanma mehnat o‗rtasida qanday taqsimlanishini, shuningdek, ish 
kunining qancha qismida ishchi o‗zi uchun va qancha qismida kapitalist 
uchun ishlashini ko‗rsatib beradi. 
Yuqorida qayd qilib o‗tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o‗z 
ishchi kuchi qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo‗shimcha ish vaqti»da 
esa qo‗shimcha qiymat yaratadi, ya‘ni kapitalist uchun ishlaydi: 
kapitalist qo‗shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga 
erishishning ikki yo‗li mavjud: ish kunini uzaytirish va zarur ish vaqtini 
qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzaytirish yo‗li bilan olinadigan 
qo‗shimcha qiymatni K.Marks «absolyut qo„shimcha qiymat» deb atadi. 
«Absolyut qo‗shimcha qiymat hosil qilish, deb yozadi u, – ish kunini 
ishchi faqat o‗z ishchi qiymatining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan 
chegaradan nariga uzaytirishdan va bu qo‗shimcha mehnatni kapitalni 
o‗zlashtirib olishdan iborat». 
Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo‗shimcha ish 
vaqtini uzaytirish yo‗li bilan olinadigan qo‗shimcha qiymatni K.Marks 
“nisbiy qo„shimcha qiymat” deb atadi. Bu yerda shu narsaga e‘tibor 
berish kerakki, ya‘ni qiymat qonuniga xilof ish qilmaslik, ekvivalentli 
ayirboshlashning buzilmasligi uchun kapitalist ishchi kuchi qiymatiga 
nisbatan ish haqini kamaytirish hisobiga zarur ish vaqtini qisqartirishi 
mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish va samarali 
texnika va texnologiyani qo‗llash tufayli mehnat unumdorligini oshirish 
yo‗li bilan bunga erishish mumkin. 


191 
Kapitalist o‗z foydasini ko‗paytirish maqsadida fan va texnika 
yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‗proq foydalanishga harakat qiladi. 
Ayrim kapitalistlar tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini 
amaliyotda qo‗llash o‗rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga 
olib keladi, bu esa unga foydani ko‗paytirish imkonini beradi. Bu yerda 
«ortiqcha qo„shimcha qiymat» vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni 
asosida boshqa kapitalistlar tomonidan ham yangiliklarning ishlab 
chiqarishda qo‗llanilishi natijasida bozor bahosi pasayadi va ortiqcha 
qo‗shimcha qiymat yo‗q bo‗lib ketadi. Demak, qo‗shimcha qiymat 
ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni 
qo‗llashga undaydi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling