Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
10.2. K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yil 5- mayda Germaniyaning Trir shahrida tug‗ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo‗lib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, madaniy oila bo‗lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so‗ng dastlab, Bonndagi so‗ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani o‗rgandi. 1841- yilda Epikur falsafasi to‗g‗risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842-yili K.Marks Bonnga ko‗chib keldi va shu yilning oktabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‗ldi va Bonndan Kyolnga ko‗chib o‗tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqealar sodir bo‗ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko‗chib o‗tdi. Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, falsafani chuqur o‗rganishning boshlanish davri bo‗ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‗stlashdi. K.Marks 1845–1848-yillari Bryusselda bo‗ldi. O‗sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‗zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‗ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o‗zining ko‗p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan 187 ―Kapital‖ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to‗rt jilddan iborat bo‗lib, birinchi jild 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlar K.Marks o‗limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jild 1885-yil, uchinchi jild 1894-yil) chop etildi. To‗rtinchi jild tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi jildining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi jildda kapitalning muomala jarayoni tadqiq etiladi. Uchinchi jildda yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To‗rtinchi jild («Qo‗shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga bag‗ishlangan. K.Marks «Kapital»ga yozgan so‗zboshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya‘ni kapitalistik jamiyati harakatining iqtisodiy qonunini ochib berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo‗lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz tutishini ko‗rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta‘limotining mazmunini tashkil etadi. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling